O'ZBEK ZIYOLILARI

Murodjon Mansurov (1941-2014)

Murodjon Mansurov (1941-2014)

Murodjon Mansurov 1941 yil 15 martda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. Avval injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Keyin «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi» gazetasida, «Yoshlik» va «Sharq yulduzi» jurnallarida mehnat qilgan.

Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar bosilmay turib A. Qahhor, O. Yoqubov kabi adiblar nazariga tushgan. Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan. Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972),«Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashag‘isi kela-di» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995), «Judolik diyori» roman-tetrologiyasi nashr etilgan.

Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi.