Home / O’ZBEKISTON TARIXI / Amir Temur va Temuriylar

Amir Temur va Temuriylar

Amir Temur va Temuriylar

Turkistonning buyuk farzandi Amir Temurning siyosiy faoliyatiga va harbiy yurishlariga bag`ishlangan adabiyotlar juda ko`p, XIV-XV arslardagi tarixiy asrlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiyga tegishli Zafarnoma alohida o’rin egallaydi. Yazdiy Temur xayotining so’nggi yillarida uning bosh devonida xizmatda bo`lib, Temurning Kichik Osiyo mamlakatlariga bo`lgan yurishlarida qatnashgan.

            Sovetlar davridagi tarixiy asarlarda Temurga va uning tarixda tutgan urniga keskin salbiy baho byerildi.

            Amir Temurning siyosiy maydonda paydo bo’lishi XIV asrning 60 yillaridan boshlandi. Bu davrda, ya`ni XIV asrning o`rtalarida Chag`atoy ulusi ikki qismga Mavarounnaxr va Mug`ulistong`a bo’linib ketgan edi. Har ikkala xududda ham siyosiy parokandalik kuchayib chingiziy shaxzodalar o’rtasida xokimiyat uchun kurash avj olgan edi. Chig`atoy ulusining har ikkala qismi mayda mustaqil beklarga bo`linib ketdi. Ulusning “G’arbiy qismida hokimiyatni asosan turk-mug`ul qabila boshliqlari egallagan. Masalan, Kesh shaxri va viloyat amir Xoji Barlos, Xo`jand viloyati Boyazid jaloir, Balx viloyati Amir Qozag`onining nabirasi Amir Xusayn qo`liga o`tdi. Ana shunday bir qiyin siyosiy vaziyatda Sohibqiron Amir Temur tarix saxnasiga chiqdi.

            Amir Temur 1336 yil  8 aprelda Keshga qarashli Xo`ja Ilg`or (hozirgi Yakkabog` rayoni) qishlog`ida barlos beklaridan biri Amir Tarag`ay ibn Barqol oilasida dunyoga keldi.

            Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi.

            1350-1360 yillar oralig`ida Amir Temur unchalik katta bo`lmagan otliqlar, yaxshi qurollangan kishilar guruhini tuzdi.

            1360-1361 yillarda Mo`g`uliston hukumdori hoqon Tug`luq Temur hech qanday qarashiliksiz Movaraunnaxr yyerlariga bostirib kiriganida bu yyerdagi mahalliy beklar, jumladan, kesh hokimi Hoji Barlos ham Xurosonga qochadi. Vatanvarlik, milliy g`urur va iftixor hissiyoti qalbida jo`sh urgan yosh Temur o`z ona tuprog`ini dushman qo`liga byermaslik uchun Tug`luq Temur xizmatiga kirishga majbur bo’ladi va bu xizmati evaziga Kesh viloyati yyerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.

            Tug`luq Temur 1361 yilda Movaraunnaxrni boshqarishni o`g`li Iles xo`jaga topshirganida Temur Iles xo`jaga xizmat qilishdan bosh tortadi va o`sha vaqtda Balx hokimi bo`lib turgan Amir Xusayn bilan ittifoq tuzib, mo`g`ullarga qarshi kurash Iles xo`ja boshlaydi.

            1365 yilda qo`shinlari bilan ittifoqdoshlar Amir Xusayn va Amir Temur qo`shinlari o`rtasida Toshkent va Chinoz oralig`ida mashxur loy jangi bo`lib o’tdi va bu jangda ittiioqdoshlar mag`lubiyatga uchraydi.

            Lekin mo`g`illar Samarqand shahrida sarbardorlar qarshiligiga duch kelib Movaraunnaxrni tark etib ketishga majbur bo`ladilar.

            Bu davrda Movaraunnaxrda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og`irlanib, mamlakatda o`zaro urushlarga barham byeradigan markazlashgan davlat barpo etish tarixiy zaruryatiga aylanib qolgan edi. Buni chuqur anglab yetgan Amir Temur Movaraunnaxr hukumdori Amir Husaynga qarshi kurash olib borib 1370 yilda Movaraunnaxr taxtini egallashga muvoffiq bo`ldi.

            Temur markazlashgan davlatni barpo etish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko`chib o`tib, uni Mavoraunnxrning poytaxtiga aylantiradi va jangovor milliy qo`shin tuzadi.

            Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o`z qo`shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohatni amalga oshirishga ayniqsa e`tibor qaratadi. U qo`shinlarini o`nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo`lgan.

            Temur Movaraunnaxr taxtni egallagan vaqtdan boshlab, o`z davlati chegyeralarini kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yyerlarni o`z tasarrufiga oladi.

1388 yilda Xorazmni bo`ysundiradi.

            Temur o`zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398) yurishlari davomida Yeron va Xurosonni o`z tasarrufiga oladi.

            Temur Movaraunnaxrning to`la mustaqilligiga yerishishi uchun mo`g`ul xonlari havfini tugatish zarurligini tushindi va 1389 yilning bahorida Sirdaryo bo`yidagi Zarnuq tumanida, 1391 yilning yozida Samara shahri bilan Chistopol o`rtasidagi Qunduzga degan  joyda, 1395 yil 15 aprelda Kavkazdagi Tyerek daryosi bo`yida Oltin O`rda xoni To`xtamish bilan uch marta jang qilib uni mag`lubiyatga uchratdi.

            Amir Temur 1398 yilda Hindistolnga qilgan yurishda Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida Halab va Baytun shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi.

            1402 yilda usmoniylar impyeriyasining sultoni yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag`lubiyatga uchratdi.

            Temur 1404 yilning oxrida katta qo`shin bilan Xitoy safariga otlandi. Yulda Temur betob bo`lib uning qo`shinlari 1405 yilning yanvar oyida O`tror shaxrida to`xtaydilar va shu yyerda 1405 yilning 18 fevralida Amir Temur vafot etadi.

            Buyuk sohibqiron Amir Temur o`zining 35 yillik hukromligi davrida markazlashgan katta davlat tuzishga muvoffaq bo`ldi.

Temur turk-mo`g`ul an`analariga amal qilgan holda o`z davlati hududlarini suyurg`ol (ulus) tariqasida in`om qilish yo`li bilan boshqargan va Movaraunnaxrdan tashqaridagi yyerlarini to`rt ulusiga bo`lib, farzandlariga in`om etdi.

Uluslar o`rtasida o`zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o`zi nazorat qilib turadi.

            Amir Temur hukmronlik qilgan davrida davlatning markaziy ma`muriyat boshida devonbegi, arkbegi va to`rt vazir turgan.

            Yyerga egalik shakllari-suyurg`ol yyerlar, vaqf yyerlar, jamoa yyerlari edi. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig`i-xiroj bo`lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo`lgan.

            Amir Temur mamalakat obodchiligiga juda katta e`tibor byerdiyu Mo`g`ullar tomonidan vayron qilingandan so`ng 150 yildan keyin Samarqand qayta tiklandi. U poytaxtga aylantirilib bu yyerda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me`morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar bino etildi.

            Sohibqironning ona yurti Keshga ham katta katta diqqat-e`tibor qaratildi. Bu shaharda Oqsaroy, jome masjid, madrasalar barpo etildi. Turkiston shahrida Xoja Axmad Yassaviy maqbarasi bunyod etildi.

            Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent  kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazalari sifatida rivojlanib bordi. Savdo yo`llari rivojiga, uning tinchligiga keng e`tibor byerildi.

            Amir Temur chet davlatlar bilan aloqani keng yo`lga qo’ydi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo`lgan g`alabalaridan so`ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. Bu davlatlarning hukmdorligi sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o`rnatishga intilganlar. Ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar.

Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan.

Temur davridlagi ilm-fan, me`morchilik, san`at sohalari o`z davriga nisbatan o`ta darajada rivojlanib, yuksak ma`naviy boylik darajasiga ko`tarildi.

            Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo`lib, ular orasida Temur tuzuklari buyuk jahongir hayotiga va faoliyatiga bag`ishlangan asarlar ichida shuhbasiz, alohida ahamiyat kasb etadi.

            Temur tuzuklarining Sharq yulduzi jurnali 1989 yilda chop etgan forschadan tarjimasiga yozib byergan o`z muqaddimisida prof. Bo`riboy Ahmedov bunday deb qayd etadi Mutaxassis olimlarning (A.A.Semenov, Ch.R`e, E.G.Braun va boshqalar) so`zlariga qaraganda, Temur tuzuklari boshda turkiy tilda yozilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja`far poshaning kutubxonasida saqlangan (Sharq yulduzi, 1989, 8 son     128 bet).

            Temur tuzuklari ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo`lib, unda sohibqironning davlat tuzilish va mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilindi. Bu asardan ko`plab sharq hukmdorlari o`zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho byerganlar.

            Tuzuklarning birinchi qismida Amir Temurning bolalik davridan to vafotiga qadar (1342-1405-yil  18-fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movaraunnaxrda markaziy hokimniyatni qo`lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham byerishi va markazlashgan davlat to`zishi, Oltin O`rda xoni To`xtamishxon ustidan g`alabasi, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari bayon etilgan.

            Ikkinchi qismi Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o`ziga xos vasiyat va pandu nasixatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-idora  egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.

            1405 yilda Amir Temur vafotidan so`ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Buning asosiy sababi-temuriy shahzodalarning taxt uchun o`zaro kurashlari edi. Temurning nabirasi PirMuhammad valiahd qilib qoldirilgan bo`lsa da, ko`pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. Temurning boshqa bir nabirasi Halil Sultan Samarqand taxtini egalladi.

            Temurning o`g`illaridan biri Shaxrux uzoq tortishuvlardan so`ng 1409  yili temuriylar davlatining oliy hukmdori deb tan olindi. Uning davlatining poytaxti Hiron shaxri bo`ldi. Movaraunnaxr yyerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to`ng`ich o`g`li Mirzo Ulug`bek boshqara boshladi. Ulug`bekning hukmronlik davri (1409-1449) asosan, Movaraunnaxrda ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ilm-fan va madaniyatining rivojlanishi bilan izohlanadi.

            1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so`ng Temurzodalar o`rtasida kurash boshlanib ketdi. Ulug`bekning shuhratparast o’g`li o`z otasiga qarshi urush boshladi. Oqibatda 1449 yilning oktyabr oyi oxirlarida Ulug`bek fojiali halok bo`ldi. Bu voqeadan so`ng Temuriy shahzodalar o`rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oldi.

            Padarkush Abdulatif 1450 — yilning 8 — mayida Samarqand yaqinida o`ldirildi. Bundan keyin 1451 — yilning yozigacha Samarqand taxtini Mirzo Abdulla egalladi. So`ngra taxtni ko`chmanchi o`zbeklar xoni Abulxayr yordamida Abdusaid egalladi. Abusaid vafotidan so`ng Xo`rasn taxtini 1469 — yildan boshlab Xusayn Boyqaro egalladi. U 1506  yilgacha hukmdorlik qildi. Uning davrida buyuk shoir va mutafakkir Alishyer Navoiy davlat ishlariga faol qatnashdi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.