Home / O’ZBEKISTON TARIXI / Movaraunnaxr va Xurosonda moddiy va ma`naviy taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarilishi (Renessans)

Movaraunnaxr va Xurosonda moddiy va ma`naviy taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarilishi (Renessans)

Movaraunnaxr va Xuroson

Movaraunnaxr va Xurosonda moddiy va ma`naviy taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarilishi (Renessans)

Arablar Xuroson, Movaruannxr va Xorazmni bosib olgach, hamma yyerda bo`lgani kabi o`lkamizda ham qattiqqo`llik bilan yurtni arablashtirish siyosatini olib bordilar.  O`lkada islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili-davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga ko`tarildi. Mahalliy tilda yozilgan  asarlar yo`q qilindi, yyerli bilimdonlar quvg`in ostiga olindi.

            Biroq arablar keltirgan bunday ziyon O`rta Osiyo xalqlari madaniyatini to`liq halokatga olib kelolmadi. Asta-sekin qishloq ho`jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik tiklana boshladi. IX asrdayoq O`rta Osiyoda madaniy hayot gullay boshladi.

            Damashq, Qohira, Bag`dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta shaharlarda Movaraunnaxr va Xorazmdan borib, fan, madaniyat taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shgan avlod-ajdodlarimiz soni borgan sayin ko`payib bordi.

Xususan, bu borada Bag`dod shahri Sharqning ilm-ma`rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda Bayt-ul-Hikma (Donishmandlar uyi)-sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.

            Xorazmda ham podsho Ma`mun ibn Ma`mun davrida Donishmandlar uyi tashkil etildi. Urganchda tashkil etilgan bu Bayt-ul-Hikma-Ma`mun akademiyasi (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi. Bog`dod va Urganchdagi Donishmandlar uyida o`z vaqtida nomlari dunyoga mashxur ulug` alloma va mutafakkirlar tahsil ko`rganlar.  Ular orasida Axmad Farg`aniy, Al Xorazmiy, Byeruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug` va buyuk zotlarning nomlari bor.

            Movaraunnaxr va Xurosonda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda yuz byergan ijobiy yutuqlar va muvaffaiyatlarning asosiy omili va sababchisi bu yyerda markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi ekanligini alohida ta`kidlash zarur.

            O`z mavqei va tutgan o`rni jihatidan xalqaro maydonda katta e`tibor va nufuzga ega bo`lgan Markaziy Osiyodagi samoniylar, qoraxoniylar, g`aznaviylar, saljqiylar va xorazm shoxlar davlatlari davrida mamlakatda davlat hokimniyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barkororlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o`sdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Qiet, Kesh, Naqshab, G’azna, Panjikent, Binokent, Shosh, Tyermiz, Kuva, Kabadien, Boykent va boshqa shaharlar savdo-tijorat, xunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan. Xullas, arablar istilosidan so`ng IX-XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, natijada bu mintaqadan o`z qobiliyatlari, yerkin va betakror ijodlari, ulkan madaniy-ma`rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati svilizatsiyasi xazinasiga bebaxo hissa qo`shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu donishmandlar, mumtoz adabiyot daholari kamolotga yetdilar.

            Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) asli Xiva shaxridan bo`lib u dastlabki ta`limni xususiy muallimdan oldi va so’ngra Marvda madrasada o’qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o`g`li Ma`mun  xalifalik taxtiga o`tirgach (813) Muhammad Muso al-Xorzmiyni o`zi bilan birga Bag’dodga olib ketdi va u yyerda tashkil etilgan Boytun-ul-Hikma (Donishmandlar uyi) ga boshliq etib tayinladi.

            Xorazmiy matematika, geogmetriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi. Uning Al-Jabr Val Muqobala) (Tenglamalar va qarashlantirish), Xisob Al-Hind) (Hind hisobi), Kitob surat al-Arz (Yer surati haqida kitobi) Kitob at tarix (tarix kitobi), Kitob al amal Bil Usturlabat) (Usturlab  bilan ishlash haqida kitob) (Usturlob-yulduzlarning harakati va holatini kuzatadigan asbob) kabi asarlari ilm-fanda olimga jahonshumul shuhrat keltirdi.

            Xorazmiy Al-jabr Al-muqabala asari bilan matematika tarixida birinchi bo`lib algebra faniga asos soldi.

            Olimning Kitob at -tariz (Tarix kitobi) asarida Xuroson, Kichik Osiyo va Movaraunnaxrning VIII-IX asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma`lumotlar o`z ifodasini topgan. Xorazmiyning Zij (Astronomik jadval), Quyosh soati haqida risola asarlari falakkiyotshunoslik fanining rivojlanish traqqiyotiga katta hissa qo’shdi.

            Ona tuprog’imiz, O`zbekiston nomini fahr va g`urur his-tuyg`usi bilan uzoq-uzoq avlodlarga ko`z-ko`z qilishga arzugulik ulug` siymo va allomalardan biri Axmad Farg`oniydir. Taxmin qilinishiga qaraganda u 861 yilda vafot etgan. Axmad Farg`oniy matematika, geografiya, astronomiya, tarix soxolarida ijod etib, bu fanlarning rivojlanishiga o`zining salmoqli hissasini qo`shdi. U musulmon Sharqida Xisob ya`ni matematika laqabini olgan. Shunday bo`lsada u astronomiya, geografiya soxalaridagi ishlari bilan shuxrat qozongan. Uning bu fan sohalaridagi qilgan ishlari XI asrlardayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan va unidan “arb olimlari o`zlarining ilmiy izlanishlarida keng foydalandilar. Axmad  Farg`oniy o`z asarlarini arab tilida yozgan va shuning uchun “arb olimlari uni birinchi arab astronomi deb hisoblaydilar.

            Axmad Farg`oniyning olim Muhammad ibn Muso bilan, ulug` mutafakkir olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko`rsatgan Baytun-Hiqma bilan bog`liqdir. U Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan qatnashdi.

            Axmad Farg`oniyning 812 yilda Quyosh tutilishi oldidan bashorat qilishi, Yyerning dumoloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuxrat keltirdi. Keyinroq Misrda yashagan chog’ida nil daryosi suvini o`lchaydigan asbob yasagan.

            Axmad Farg`oniyning falakiyotga oid yirik ilmi asarlaridan biri Sanoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitobdir. Bu asar Astronomiya negizlari deb ham yuritiladi.

Ahmad Farg`oniyning asarlari XII asrdiyoq lotin tiliga tarjima qilingan.

            Markaziy Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq falsafasining otasi Abu nasr Muhammad ibn Muhammad Farobiydir. U 873 yilda Farob yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko`rgan va 951 yili Damashqda vafot etgan.

            Farobiyning falsafa, tilshunoslik, mantiq, riyoziyot, musiqa nazariyasi borasida olib borgan ilmiy ishlari unga katta shuxrat keltirdi va dunyo fani tarixida nomiga boqiylik baxsh etdi.

            Farobiy boshlang’ich saboqni Farobda oldi. So`ngra Shosh, Samarqand, Buxoro va Yeronning bir necha shaharlarida bo`lib, o`z bilimlarini mukammmallashtirdi va turli tillarni o`rgandi. So’ng Bag`dodga kelib o`z bilimlarini yanada chuqurlashtirdi.

            Bog`dod va Damashq shaharlarida yashab o`z ilmiy darajasini oshirgan, deyarli fanning barcha sohalarini egallab 160 dan ortiq asarlar ijod qilgan. U yozgan Aristotel (Arastu) ning Metafizika asari maqsadlari haqida, Tirik mavjudot a`zolari haqida, Musiqa kitobi Baxt-saodatga yerishuv haqida Siyosat al-Madoniya (Shaharlar ustida siyosat yurgizish, Fozil odamlar shaxri Masalalar mohiyati Qonunlar haqida kitob, Tafakkur yuritish mazmuni haqida, Mantiqa kirish haqida kitob falsafaning mohiyati haqida kitob va boshqalar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat byeradi.

            Farobiy ellin madaniyati donishmandligshining xadsiz bilimdoni edi. Agar ilm-fan rivojidagi o`zining qo`shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel birinchi muallim unvoniga sazovar bo`lgan bo`lsa, Farobiy ellin donishmandligini, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligi uchun Al-Muallim as-Soniy Ikkinchi muallim Sharq Aristoteli degan mo`tabar unvon oldi.

            Farobiy “Ilmlarning kelib chiqishi haqida Ilmlarning tasnifi haqida va boshqa risolalarida o`sha davrda ma`lum bo`lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini byeradi.

            Sharqning buyuk allamolaridan, qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali Xusayn in Abdullox ibn Sinodir. U sharq fan olamida Shayx ul-rais taxallusini olgan. Evropada bu olim Avitsena nomi bilan ma`lum. Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan.

            Ibn Sinoning ilmiy qarashlari ikki yo`nalishda: tibbiyot va falsafiy sohalarida rivojlandi. 17 yoshidayoq olim sifatida shakllandi, katta nufuzli shifokor bo`lib yetishdi. Ibn Sino saroyga taklif qilindi va bu yyerda bemor yotgan somoniylarning amiri Nux ibn Mansurni davoladi. Buning evaziga Ibn Sinoga somoniylar saroyiga joylashgan kutubxonadan foydalanishga ruxsat byerildi.

            1002 yilda Ibn Sino Xorazmga boradi va Urganichdagi Ma`mun akademiyasida faollik ko’rsatadi. U yyerda faylasuf Abusaxl Masahiy, atoqli tabib Abulxayr Hammor, XI asrning eng yirik olimi, qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayxon Byeruniylar bor edi.

            Xorazmni Maxmud G’aznaviy egallagach, Ibn Sino Gurgon amirligiga, u yyerdan Ray, Kazvin shaharlariga o`tib, so`ng Hamadon hukumdori Shams ad-Davla xizmatiga kiradi. Umrining oxirgi yillarini Isfaxonda o`tkazgan.

            Ibn Sinoning shox asarlaridan biri, tibbiyotga, bag`ishlangan Al qonun fi-t-tib (Tib qomunlari) asaridir. Bu asar o`ziga xos tibbiy qomusnoma bo`lib, besh qismdan iborat. Kitob XIII asrdiyoq lotin, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bu kitob to XVIII asrning oxirlariga qadar “G’arbiy Evropaning tibbiy o`quv yurtlarida asosiy o`quv qo’llanmasi bo`lib xizmat qilgan.

            Ibn Sinoning yana bir qomusiy asari kitob ush-shifa (Davolash kitobi) bo’lib, u 18 qismdan iborat. Kitob falsafaning turli sohalariga, mantiqqa, matematika, geometriya, metafizika bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan.

            O’rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma`mun akademiyasining porloq yulduzlaridan biri, buyuk olim va mutafakkir Abu Rayxon ibn Axmad Byeruniydir. U 973  shahridan 120 km naridagi qadimgi Kat (hozirgi Byeruniy) shahri yaqinida tug`ilgan. Dastlabki ta`limni Urganchda olgan. Taqdir taqozasi bilan Sharqning ko`pgina shaharlarida bo`lgan. Ancha vaqt Gurgonda turgan, so’ngra Ma`mun akademiyasida katta ilmiy ish olib borgan. Maxmud “aznaviy Xorezmni egallagach (1017y). Byeruniy o`z ilmiy faoliyatini “G’azna shahrida davom ettirgan. U Maxmud “G’aznaviy bilan birgalikda Hindistonda bir necha bor safarda bo`lgan. Ulug` mutafakkir 1048 yilda “azna shahrida vafot etgan.

            Byernuniy o`zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopyernikdan qariyb besh asr ilgari olimning markazi Yyer emas, Kuyoshdir degan xulosa chiqardi. Yyerning Kuyosh atrofida aylanishini birinchi bor o`rtaga qo`ydi.

            IX-XII asrlarda diniy bilimlar ham keng rivojlandi.

            XIV-XV asrlarda, ya`ni Temur va temuriylar davrida O`rta Osiyoda ilmiy-madaniy hayotning yanada gurkirab rivojlanganligini ko`ramiz. Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e`tibor byerdi. Temur davrida Samarqandda Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, Shaxrisabzda Oqsaroy va maqbaralar, Turkistonda Axmad Yassaviy mabqarasi, Toshkentda Zangiota maqbarasi barpo etildi.

            Ulug`bek davrida fan va madaniyatga homiylik qilish yanada avj oldi. Ulug`bek Samarqand, Buxoro, Gijduvon va Shaxrisabzda masjid va madrasalar qurdirdi. Tarixiy fanlar sohasida ham ko`pgigna ishlar qilindi.  Bu davrda adabiyot sohasida ham samarali ishlar qilindi. Bu jarayonda shoir va davlat arbobi bo`lgan Alishyer Navoiyning xizmatlari katta bo`ldi. Jomiy, Lutfiy, Sakkokiy kabilar o`lmas asarlar yaratdilar Kamoloddin Behzodning rassomlik faoliyati rivojlandi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.