Home / O’ZBEKISTON TARIXI / O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti

O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti

O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti

Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish uchun qulay sharioit va keng imkoniyatlar yaratdi.

            O`zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O`zbekiston tanlagan islohot yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.

            Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo`nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o`zining xayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:

            — iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:

           — davlat bosh islohotchi o`rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:

          — bozor munosabatlariga o`tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.

            —  bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish:

           — ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o`tish evolutsion yo`l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.

            Yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish tamoyillari asosida g`oyat mas`uliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang`ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir.

            Bu vazifa markazlashtirilgan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.

            Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga qo`ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.

            Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o`tish davridagi bir-biriga bog`liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to`g`ri keldi:

Ma`muriy buyruqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barkororlishtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g`oyat muhim yo`nalishlari O`zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab beriladi:

            — o`tmish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish:

             — qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish:

             — ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.

            Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri-mulkni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi.

   Mulkni xususiylashtirish va iqtisodni shakllantirish O`zbekistonda o`ziga xos yo`l bilan birinchi bosqichda 1992-1993 yillari amalga oshirildi.

    Bu davrda asosan maishiy hizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat san’at va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o`zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aktsiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib beriladi.

            Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g`risida qarori asosida olib borildi.

   Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aktsiyasini chiqarish, auktsion (kim oshdi) savdosi oqlash davlat mulkini shaxslarga yuborish qimmatbaho qog`ozlarni chiqarish va xususiylashtirshini yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.

   Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg`I — energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog`-kon sanoatida — 51% aktsiya davlat ixtiyorida qoladigan bo`ldi.

   Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste`mol talablarini qondiradigon mahsulot ishlab chiqarishni tashqil qilish zarur edi. Prezident I.A.Karimov — Barqarorlashtirish siyosati, eng avvalo, bu makro iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo`l qo`ymaslikdir — deydi.

   Iqtisodiy o’sish iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan ifodalandi. Bu ko`rsatkich 1990 yil bilan qiyoslaganda sanoatda 106,5, qishloq xo`jaligida 105,8, qurilishda 102,6, savdoda 112,7, aholiga pullik xizmat ko`rsatish sohasi 121.3, foizini tashkil etdi. Xalq iste`mol mollarini ishlab chiqarish bir yilda 112 foizga ko`paydi.

    Mamlakatimizning yoqilg`i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O`zbekiston tarixda ilk bor 1995 yilda neft mustaqillgiga erishdi.

  O`zbekistonning jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mutahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risida bitim tuzilgan.

   1999 yil 1 yanvar holatiga ko`ra O`zbekistonda 3.592 qo`shma korxona ro’yxatga olingan.

 Endilikda jahondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan qizilqumning oltin va uran boyliklari mamlakatimiz tarakkiyotiga hizmat qilmoqda.

   O`zbekistonning istiqlol mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning muhim tarmog`i-avtomobilsozlikning rivojlannishiga bog`liq. 1992 yilning avgust oyida janubiy Koreya Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasida tuzilgan bitim asosida O`zDEU avto qo`shma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning mart-iyul oylarida O`zDEU avtokorxonasi TIKO, NEKSIYA DAMAS yengil avtomashinalarini chiqara boshladi.

      1993 yilda GFR dagi Mersedes Bents AG korporatsiyasi bilan Xorazmda yuk avtomashinasini chiqarish uchun shartnoma tuzildi. 1994 yili Do’stlik avtomobil zavodida datlabki 350 Mersedes Bents yuk avtomobili ishlab chiqildi. 1995 yili O`zavtosanoat uyushmasi bilan Turkiyaning mashhur Kochxolding kompaniyasi o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida Samarqandning Sug`diyona mavzesida qad ko’targan avtobus zavodi 1999 yil mart oyida o`zining mahsulotini bera boshladi.

    Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’g`ini o’tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e`tibor beriladi.

   Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida elga mulkchilik masalasi hal qilindi. O`zbekiston Respublikasida sug`oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.

   O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr ,1997-yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o`zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. Yer kodeksi, Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida Dehqon xo`jaligi to`g`risida, Yer kadastri to`g`risidagi qonunlar qishloq xo`jaligining huquqiy asoslarini mustahkamladi.

  Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi.

1991-1996 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi hukumati milliy bank va moliya tizimi yuzasidan  bir qancha qarorlar qabul qildi.

   1994-yilning 1-iyuldan boshlab iqtisodiy mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida O`zbekiston Respublikasining pul birligi so’m muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustakamlash, aholi va mamlakat iste`mol bozorini muhofaza qilishda katta o`rin tutdi. Mustaqil O`zbekiston xazinasini to`ldirivchi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e`tibor beriladi. Iqtisodiy islohotlarning yutuqlari mamlakatda iqtisodiy barqororlikni ta`minlamoqda.

 

  O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-xalqimizning ma`naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish edi. O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o`zining O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li kitobida O’zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat rang-barangligi, milliy o`zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangliash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo`lib hizmat qiladi va ruspublikaning jahon hamjamiyatiga ko`shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada, deb ko`rsatgan edi. (Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqqiyot yo`li. T, 1992y, 13 bet)

  O`zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma`naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo`lmaydi.

   Mustaqillik yillarida ma`naviy sohada yuz bergan o`zgarishlarni eng muhimi xalqning uzoq yillar mobaynida to`plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e`tiborning kuchayishi bo`ldi.

  Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag`lar ajiratildi.

             San`at asarlariga baho berishda partiyavoylik, sinfiylik naqtai nazaridan yondoshishga chek qo`yildi. Bu borada birgina misolni keltirib o`tish o`rinli.

1986 yil 4 — oktyabrda O`zbekiston KP Mkning III Plenumida Bobur to’g`risida badiiy asar yozgan yozuvchi Piriqul Qodirov keskin tanqid qilindi, Boburga esa butunlay salbiy baho beriladi va u ma`rifatli zolim deb tilga olindi.

            Bahovuddin Naqishband, Feruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomolarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.

            1991 yili buyuk alloma, g`azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyi o`tkazildi. 1994 yil Mirzo Ulug`bek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. 1994 yil hukumat qarori bilan Ulug`bek yili deb e`lon qilindi.

            O`zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Ogaxiy, Furqat, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon kabi ulug` shoir va ma`rifatparvalar kunlarini o`tkazish an`anaga aylanib qoldi.

            Mustaqillik yillarida Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Ogahiy, Ajiniyaz, Berdaq va boshqa jamoat arboblari yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma`naviy hayotdagi muhim qadamlardir.

            Mamlakat ma`naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994 yil 24 aprelda qabul qilingan Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik Markazini tashkil etish to’g`risidagi Prezident farmoni muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Markaz tomonidan Imam al Buhariyning yubileyiga bag`ishlab, Quroni karimdan keyin ikkinchi o`rinda turadigan Al-Jome, as-Sahiyh (Ishonarli to`plami) Al-adab, as-mufrad (Adab durdonalari) o`zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.

            Mustaqillik yillarida ma`naviy poklanish haqida gap ketganda O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining ahamiyati kattadir.

            1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonun milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma`naviy yangilanishida muhim rol o`ynadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1995 yil 22 dekabrdagi sessiyasida bu qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

            Mustaqillik davri tom ma`noda hazrati Temurning qayta tug`ilish davri bo`ldi. Prezident farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e`lon qilindi.

            Ma`naviy hayotdagi diniy bayramlar, hayit kunlarining respublikada umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi mamlakatimizda dinga bo`lgan munosabatning  ijobiy tomonga  o`zgarganligining ko`rinishidir.

            Islom olamining  zabardast allomalari vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubronning 850 yilligi,  Bahouddin Naqshbandining 675 yilligi va Xo`ja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy tavalludining xijriy-qamariy taqvim bo`yicha 1225 yilligi keng ko`lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, dinu diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo`ldi.

     Musulmon hayotidagi qutlug` sanalar — Qurbon va Ramazon kunlari O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti I.Karimovning mahsus farmonlariga binoan bundan buyon har yili doimiy sur`atda bayram qilinadigan bo`ldi.

   Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami Navruz bayramining xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta vaqea bo`ldi.

   Mustaqillik yillarida fan va madaniyat sohasida ham tubdan o`zgarishlar yuz berdi.

   O`zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O`zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi. O`zbekiston Respublikasining fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta`sis etdi.

     Fan va texnikada kim haqiqattan kim deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to’g`risidagi asosiy ma`lumotlarni o`z ichiga olgan qomusga O`zbekiston Respublikasi FA ning akademigi P.Q, Habibullayev kiritilgan.

     Mustaqillik yillarida (1996) Faning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida 48 akademik 96 muhbir a`zo faol mehnat qilmoqdalar.

    Mustaqillikning o`tgan davrida shakl ham, mazmunan ham milliy madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

  Bu avvalo teatr san`ati, milliy musiqa, me`morchilik, badiy adabiyot sohalarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Farg`onada va Xivada Qo`g`irchoq teatrlari ish boshladi. 1993  yil avgustida Toshkent shahida ish boshlagan Turkiston saroyi nafaqat me`morchilikning yorqin namunasi balki sahna guruhlari va artistlarning chiqishlari bo`ladigan dargohga aylandi.

   Respublikada 36 ta teatr faoliyat ko`rsatmoqda 1998 yil 26 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O`zbeksiton teatr sa`atini rivojlantirish to’g`risidagi farmoni e`lon qilindi.

   O`zbekistonda musiqa va raqs san`atini rivojlantirish maqsadida O`zbeknavo gastrol-kontsert birlashmasi tashkil etildi.

    Mustaqillik o`zbek badiiy adabiyot rivojida, adabiyot shunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi.

     Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, ma`naviy, siyosiy, hayotdagi o’rnini ro`yi-rost ko`rsatish boshlandi.

    A.Navoiyning yuksak insoniy g`oyalarni diniy manbalar asosida yaratuvchi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo’tabar Qur`on va hadislar chop etildi.

      Iste`dodli shoir va adiblarning barkamol, g`oyaviy yetuk asarlari tufayli o`zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi.

    Sharq va arab me`morchiligi uyg`unlashgan binolar yurtimiz paytaxti va viloyat markazlarida qad ko`tarib shaharlarimiz husniga husn qo`shmoqda.

     Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fan, maorif, ta`lim-tarbiya ishlariga ham e`tibor kuchaytirildi.

     Ta`lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib, ongni o`zgartirib bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa, biz ko`zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi — deydi I.A.Karimov.

       1997 yil 29 avgustda Respublikamizda Ta`lim tug`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlarda ta`limni isloh qilishning asosiy tamoiyllari belgilandi.

     1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan O`zbekistonda o`quvchi ishlarini rag`batlantirish choralari to’g`risidagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta`lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, mamlakalarini oshirish uchun shariotlar yaratib beriladi.

      Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag`lar ajratildi.

  Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashishga chek qo`yildi. Bahouddin Naqshbandiy , Feruz, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.

    Mamlakatda sog`lom avlod dasturi ishlab chiqildi. Jismoniy sog`lomlik, barkamol insonni tarbiyalash odob — axloq masalalari bilan bog`lab olib boriladi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.