Home / O’ZBEKISTON TARIXI / Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O’zbekiston

Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O’zbekiston

Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O’zbekiston

Turkiston xalqlarining mustabid Sovet hokimiyatining shovinistlik siyosatiga qarshi yuritgan istiqlolchilik kurashi markaziy organlarni Turkistonda tashkiliy jihatdan ba`zi o’zgartirishlarni amalga oshirishga majbur qildi. 1918 yil aprel oyida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistlik Respublikasi tuzilib, u RSFSR tarkibiga qo’shildi.

            O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Sovetlar davrida markazga bo’ysunuvchi ham  yetkazib beradigan mustamlaka o’lka bo’lib qoldi. 20-yillarning 1-yarmida bir butun Turkiston parchalanib qizil imperiyasining ma`muriy-xududiy qismiga aylantirildi. Oktyabr to’ntarishidan keyingi dastlabki kunlarda bolsheviklar mahalliy o’lkalar xalqlariga ko’pdan ko’p va`dalar bergan bo’lsalarda, aslida bularning hammasi quruq tashviqot bo’lib qog`oz yuzida qoldi. Xalqlarimiz o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidan mahrum etildilar.

            Sovetlar rasman milliy respublikalarini tashkil etgan bo`lsalarda, amalga imperiyani saqlab qoldilar.

            20 yillarda sobiq SSSR da totalitar (mustabid) va avtoritar tizim shakllandi.

            Totalitar ya`ni mustabid tizim deganga ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv uslubi, yagona partiyaning hukumronligi, aholining hokimiyatdan, hokimiyatning esa aholidan yiroqlashuvi, siyosiy faoliyatinig ta`qiqlanish, qonunlarning oyoq osti qilinishi, targ`ib qiluvchi organlarning mavjudligi va shaxsning siyosiy jihatdan huquqsizligi tushuniladi.

            Avtoritlar so`zining ma`nosi ham shunga yaqin bo’lib davlatni boshqarishda yagona bir kishining hukumronligi, aholi ustidan chegarasiz nazorat va zo’ravonlikning mavjudligi ijtimoiy xayotining siyosatlashuvi tushuniladi.

            Turkistondagi rahbar xodimlar, xususan T.Risqulov (Turkiston MIK raisi) boshchiligidagi milliy kommunichtlar, Turkiston mustaqilligi va uning o`z taqdirini o`zi belgilashdek demokratik tamoyillar uchun kurash boshladilar.

            T.Risqulov o’lkada ulug` davlatchilik shovinizmi, burjua millatchiligi yuzaga kalayotganligi to’g`risidagi masalalarni ko’tarib chiqdilar. F.Xudayev partiya ichidagi toqat qilib bo’lmas holatlarni ko’rsatib o’tdi. Ushbu vatanparvarlarning chiqishlari, keyinchalik ularni jismoniy yo`q qilishda ayblov uchun asos bo’ldi.

            Turkistonning sotsial-iqtisodiy rivojlanishi borasida bildirilgan muqobil fikr mualliflari millatchilikda ayblandilar. Ayni shu damlarda O’zbekistonning ilg`or, xurfikrli farzandlari inog`olovchilik 18 lar guruhi, qosilmovchilik kali guruhbozlikda va davlatga qarshi millatchilikda ayblanib qatag`on qilindilar. 20 yillarning oxiriga kelib respublikada mustabid tuzum o’zini to’liq avj oldi.

            1929 yilda mashhur jadidchi, ma`rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshliq Milliy istiqlol tashkiloti a`zolarini qamoqqa olingan 85 a`zosida 15 tasi otildi, qolg`anlari axloq tuzatish lagerlariga jo’natildi.

            1930 yilda davlat Banki ma`muriyatida o’tkazilgan tozalash vaqtida qator rahbar xodimlar qamoqqa olindilar. O`zbekiston SSSR sudi raisi Sadulla Qosimovning eqosimovchilik deb nomlangan ishini ko’rib chiqish boshlandi. Bu jarayonlarning mohiyati ko’zga ko’ringan siyosiy arboblarni tugatishga qaratilgan edi.

            30 yillarning boshi dindor va e`tiqodli kishilarga nisbatan zo’ravonlik siyosiy qattag`onlikning cho`qqisi bo’ldi.

            Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taalluqli asarlar yo`q qilindi. Bu davrda O`zbekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. O’tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tarbiya, san`at markazi xalqning ko’p arslik merosining saqlovchisi bo’lgan machit va madrasalarning deyarli barchasi yopib, qo’yildi, ayrimlari buzib tashlandi.

            Butun respublikaning xayoti markazning qattiq nazorati ostiga o’tdi. Partiya direktivalaridan har qanday chekinish kontrrevolyutsion, siyosiy muxolifat deb baholandi.

            Milliy madaniyat 30 yillarda qattiq fojiaga uchradi. Inson xaq-huquqlarining poymol qilinishi kuchaydi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Shokir Sulaymon, Ziyo Said, Elbek, Batu, Qosim Sorokin kabi millatning yetuk ziyolilari qatag`on qilindi va xalqimiz ularning asarlarini o’kishdan uzoq vaqt maxrum bo’ldi.

            40 — yillar oxirlarida fan va madaniyat VKP (b) MK ning 1946 yil Zvezda va Leningrad jurnallari haqidagi qarorlari qatag`onlar yangi to’lqinining g`oyaviy asosi bo’lib xizmat qildi.

            Yozuvchi va shoirlarning asarlarida o’rta asr va inqilobgacha bo’lgan davrdagi xalq tarixini, madaniyatini badiiy tasvirlash — o’tmishni qumsash, ideallarshtirish deb ayblandi va ularga millatchi degan tamg`alar yopishtirildi. Shu kabilarga Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda va boshqa o`zbek yozuvchilari qoralandi.

            1951 yilda Maqsud Shayxzoda. Shukrullo Yusupov, G’ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar antisovet millatchilik faoliyatida ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yillik qamoq jazosiga hukum qilindilar. Shu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi, chunonchi, faylasuf V.Zohidov, iqtisodchi A.Aminovlar panturkizini tashviqot qilishda va burjua millatchilikda ayblanib ta`qib qilindi.

            Qatag`on qilingan san`at, fan va madaniyat arboblari mustabid tuzum davrida haq-huquqsizlik qurboni bo’ldilar.

            80 yillarning o’rtalariga kelib qatag`onlik to’lkiniga nafaqat ijod ahli, balki xo`jalik hodimlari va davlat arboblari ham tortildi.

            O`zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustaxkamlash degan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo’lgan ma`sul hodimlarning desant guruhlari kela boshladi.

            Uydurma, to’qib chiqarilgan paxta ishi va o`zbeklar ishi deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun O`zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg`otishga harakat qilindi.

            O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng paxta ishi qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O`z navbatida O`zbekistonning mohir, Sh.R.Rashidovning pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash o`zbek xalqining yuzi yorug` ekanligi asoslandi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.