Home / Boshqalar / Yangiliklar / G‘oliblar Hindistonga boradi

G‘oliblar Hindistonga boradi

Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan «Jangoh” sport saroyi yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qildi.

Sportning an’anaviy karate-do turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

1448719263_dsc_0964

Musobaqa O‘zbekiston an’anaviy karate-do federatsiyasi tashabbusi bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida tashkil etildi.

— Musobaqani yil yakunlari haqida hisobot, deb atasak ham bo‘ladi. Sababi, yil davomida viloyatlarda qanday ishlar amalga oshirilgani ularning ishtirokidan yaqqol seziladi. — deydi O‘zbekiston an’anaviy karate-do federatsiyasi raisi Zarif Boltayev

Viloyatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan karate ustalari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashdi.

— Yilning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan ushbu turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. To‘rt oy davomida hududiy saralash bosqichlarini o‘tkazib, iqtidorli va saralangan karate ustalarini yakuniy bosqichga jalb qilindi. O‘n uch nafar sportchi jamoamiz sharafini himoya qildi. Kutilgan natijalarga ham erishdik, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi an’anaviy karate-do federatsiyasi raisi o‘rinbosari O‘ktam Abduraimov

1448719263_dsc_0964

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

«Yoshlar haftaligi»ga bag’ishlangan rasmiy veb-sayt ishga tushdi

Xabaringiz bor, 16-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar haftaligi o‘tkaziladi. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» ...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.