Home / Milliy an'analar / Milliy sport / Kurashning rivojlanish tarixi

Kurashning rivojlanish tarixi

kurash

O’zbek kurashi bir necha ming yillik tarixga ega. Qadimiy qo’lyozmalarda eramizdan oldingi davrlarda ham kurash ommaviy musobaqalar tarkibidan munosib o’rin olganligi haqida adabiyotlar mavjud. Buni ko’pgina yozma va tarixiy yodgorliklar tasdiqlaydi. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida, Boburning “Boburnomasi”da xalq og’zaki ijodida “Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “To’lg’anoy” dostonlarida pahlavonlar kurashi maxf etilgan. Buyuk allomamiz Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida O’zbek kurashlari haqida polvonlar ishlatadigan harakatlar xususiyati haqida aytib o’tgan. Ma’lumki, O’zbek kurashi IX-XIII asrlarda gurkirab rivojlangan.

Shu davrlar ichida kurash xalqimizning eng sevgan sport turidan biriga aylangan va juda ommaviylashgan hamda Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi, Darvesh Muhammad kabi polvonlar O’zbek kurashining dovrug’ini taratishgan. Ammo 70 yildan ortiq davom etgan mustamlakachilik davrida O’zbek kurashining milliy qadriyatlaridan biri bo’lgan Kurashga ahamiyat berilmagan va uning rivojlanishi susaygan. 

 1998-yil 6 sentyabr kuni O’zbek kurashini jahon tan oldi. Osiyo, Evropa va Amerikaning 28 davlati vakillari ishtirok etdi.

kurash Prizidenti 

Islom Karimov Kurash Asstsiyasining doimiy, faxriy Prezidenti etib saylandi. 1999 yil 1-2 may kunlari Toshkendagi Jar sport kompleksidagi bo’lib o’tgan milliy kurash bo’yicha I- jahon chempionatida Buxorolik polvonlarning ishtiroki va ketma-ket g’alabalari muxlislar qalbiga havas va hayrat soldi. 73 kgda Akobir Qurbonov I- o’rinni, 90 kgda Kamol Murodov I-o’rinni egalladi. Shuxrat Xo’jaev, Botir Xo’jaev, Xayrulla Nasullaevlar ham I-jahon chempionatida milliy kurashdan faxrli o’rinni oldilar. 

http://economical.uz/

About Jahongir

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.