Home / MILLIY AN’ANALAR / MILLIY URF-ODATLAR / TO’Y VA TO’Y OLDI MAROSIMLARI

TO’Y VA TO’Y OLDI MAROSIMLARI

To’y va to’y oldi marosimlari

NIKOH

NIKOH

Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o`tkaziladi. O`g`il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jarayonga yaqin qarindoshlari, qo`shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko`rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so`ng qo`shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to`yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig`iladi. Sovchilar o`zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog`langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi.

Fotiha to`yi nikoh tuziladigan va to`y o`tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar  bo`lgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovg`alar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo`lidan sovg`alar qo`yilgan patnislarni olib, «sarpo ko`rar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda ko`p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig`ilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo`ladilar. Fotiha to`yidan boshlab va to to`yning o`zigacha yoshlarning ota-onalari qalin, sep masalalarini va to`y tantanasi bilan bog`liq tashkiliy masalalarni hal etadilar. To`ydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi o`tkaziladi, unga qiz o`zining yaqinlari va o`rtoqlarini taklif etadi.

Nikoh2

Nikoh marosimi an`anaviy tarzda o`zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo`oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo`la turib, u turli viloyatlarda o`zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o`tishi paytidir. To`y kuni kuyovnikida to`y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o`tkaziladi. To`y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o`qiydi, shundan so`ng ular xudo oldida er-xotin deb e`lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Odatda nikoh o`qilganidan so`ng yoshlar o`zining fuqarolik nikohini qayd etish uchun ZAGS ga boradi.

To'y1

To`y kuni kelinnikida kuyovga sarpo (to`yga sovg`a qilingan kiyimlar va poyafzal) kiydiriladi, shundan so`ng kuyov o`z oshnalari bilan kelinning ota-onasi huzuriga salom berish uchun boradi. Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so`ng kelin ham keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi bo`lib o`tadi. Kelin bilan birga yaqin o`rtoqlari ham boradi. Ular qo`shiqlarni aytadilar («O`lan» va «Yor-yor» qo`shiqlari). Kelinni kuyovning uyida kutib olishdan haqiqiy to`y boshlanadi. To`y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni «yanga» (odatda kelinga yaqin bo`lgan bir ayol) kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va chimildiq (go`shanga) ortida turib, kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari bilan birga xonaga yaqin keladi va yanga bilan birga uni kelin kutib turgan gushanga oldiga boradi.

Kelin salom

Kelinning oldiga kirish uchun u kelinni yangadan ramziy sotib olishi lozim, ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov-kelin tuni bilan birga qoladilar. Ertalab azonda «Kelin salom» marosimi boshlanadi. Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota-onasi, barcha yaqin qarindoshlari, kuyovning oshnalari va yaqin qo`shnilari yig`iladi. Ularning hammasi navabti bilan kelinning oldiga kelib, o`zining tilaklari, sovg`alari va duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.

«BESHIK TO’Y»

Unda asosan boshqa to’ylardan farqli erkaklar qatnashmaydi. Beshik to’yi kuni qizning onasi qarindoshlari, qo’ni-qo’shnilarini olib, yasatilgan beshikni qudanikiga olib boradi va kirilayotganda alla aytiladi.

beshik to'y

Ayrim taxminlarga ko’ra alla so’zi «Olloh» so’zidan kelib chiqib yaratgandan chaqaloqni o’z panohida saqlashni iltijo qilishga nisbatdur. Alla shunday bir qo’shiqki uni hech zamonda, hech bir shoir yozolmagan, baxshilar to’qib chiqarolmagan. Uni har bir yurak o’zicha kuylaydi. Alla farzand tarbiyasi uchun bitilgan shoh asardir!

«XATNA QILISH TO’YI»

Xatna

Xatna qilish to`yi – islom tomonidan muqaddas deb e`zozlangan yana bir qadimiy o`zbek odatidir (sunnat to`yi). Bu marosim o`g`il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o`tkaziladi. Sunnat to`yining o`tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O`g`il bolaning tug`ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to`yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko`pincha oddiygina «to`y» ham ataladigan marosimning o`tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo`shnilar ko`rpalarni tikishda, to`y sovg`alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko`p bolali onalarga topshiriladi. To`ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur`on o`qiladi.

«OLTIN TO’Y»

«Oltin to’y». Bunday muborak to’ylar kishining 70-75 yoshlik davriga to’g’ri keladi. Ularning aksariyati to’g’ri yashab o’tgani, qobil farzandlarni tarbiyalagani uchun piru-badavlat kishilar sifatini olgan. Oltin to’ylar bizning xalqimiz uchun yangilik bo’lib, er bilan xotinining turmush qurganlariga 50 yil to’lishi bilan o’tkaziladigan marosim. Bu marosim dastlab shaharlarda ziyolilar orasida urf bo’lib, keyin tarqalgan. Agar qiz-yigitning to’yini ota-ona o’tkazsa, «oltin to’y» ni farzandlar o’tkazadilar.

«ERTALABKI OSH»

Naxor oshi

 Ertalabki osh marosimi to`y (sunnat to`yi yoki nikoh to`yi) va aza ma`rakasida (o`limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o`tkaziladi. To`yni o`tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo`mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo`shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to`g`rash» marosimi o`tkaziladi, unga odatda qo`shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to`g`rab bo`linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to`g`rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o`rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo`lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo`ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog`ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi.

palov

Mehmonlar dasturxonga o`tirib, fotiha o`qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mexmonlar yana fotiha o`qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko`pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo`shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg`alar – odatda choponlar (milliy erkak to`nlari) beriladi. Aza paytidagi ma`raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga o`tirganlarida Qur`on suralarini o`qiydilar va o`lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Qur`on suralari o`qiladi. Ma`raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to`y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o`tish lozimki, bayram to`y oshi va ma`raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.

To’yda xalqimizning milliy xarakteri, o’zligi tor ma’noda aks etadi. Lekin to’ylar xalqimizninig ma’naviy yuksalishida qanchalik ijobiy rol o’ynamasin, uni o’tkazish bilan bog’liq ba’zi ortiqcha rasm-rusumlar, odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning rivojlanishiga, oila barqarorligini ta’minlashda salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Jumladan ba’zilarning mehnatsiz topgan boyliklari, ba’zilarning esa bola-chaqasini yaxshi yedirmaslik, kiyintirmaslik evaziga tejalgan mablag’ hisobiga katta miqdorda qarz olishi, oila byudjetida mavjud mablag’ni to’liq sarf qilish hisobiga yoki ba’zi kimsalarning halol mehnatsiz qing’ir yo’llar bilan topilgan boyliklari evaziga yetti iqlimga nomi ketgan dabdabali to’y o’tkazishga intilishlari bozor munosabatlari sharoitida soxta boyvachchalikdan o’zga narsa emas. Soxta obro’ orttirish uchun o’zini unutish hech kimga shon-shuhrat keltirmagan, keltirmaydi ham.

http://economical.uz/

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.