Home / MILLIY AN’ANALAR / MILLIY URF-ODATLAR / YOR — YOR VA KELIN SALOM

YOR — YOR VA KELIN SALOM

Yor — yor va kelin salom

kelin-salom

Xotin qizlarning qiz uzatish bahona o’zlari to’qigan yor-yorlarida qiz bolaning qismati, uning baxtini tilash, epli — sepliligini ta’kidlash, qizlarning taqdirga tan berishi, ko’nikishi kerakligi haqidagi momolar o’giti ifodalangan quyidagi turli viloyat va tumanlardan yozib olingan

«Yor-yor»lardan namunalar keltiramiz:

Hay-hay о’lап, jon о ‘lan, baxting bo ‘lsin yor-yor,

Payg’amharning qizidek taxting bo’lsin yor-yor,

Payg’amharning qizini kim ko’rgan bor yor-yor,

Ota-ona uyiga kim  to ‘ygan bor yor-yor.

 

Zargar qilgan zanjirni uzib bo ‘lmas yor-yor,

Xudo qilgan taqdirni buzib bo ‘lmas yor-yor,

Hay-hay о ‘lan, jon о ‘lan, mis panjara yor-yor,

Har jafoga ko’nadi qiz bechora, yor-yor.

 

Yig’lama qiz, yig’lama, to’y saniki yor-yor,

Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,

Hay-hay o’lan, jon o’lan atoyi qiz, yor-yor,

Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.

  Turli viloyatlarda «Yor-yor»  turlicha aytiladi.  Ular quyidagicha:

 

Taxta-taxta ko ‘prik, taxting bo ‘lsin yor-yor,

Onhazratim qizlaridek baxting bo’lsin yor-yor,

Onhazratim qizlarini Ali olgan yor-yor,

Yor-yor aytib qiz bermoqlik, andin qolgan yor-yor,

Yig’lama qiz, yig’lama to’y saniki yor-yor,

 Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,

Qomatlari kelishgan yor saniki yor-yor.

Qat-qatgina qatlama qatlamadir yor-yor,

Qizni olib, yangalari otlanadir yor-yor,

Qizni olib yangalari tura tursin yor-yor,

Qiyomatli otalari rozi bo ‘lsin yor-yor,

                        Oq sut bergan onalari rozi bo ‘lsin yor-yor.

 

Shaldir-shuldir suv kechib, erinmanglar yor-yor,

Qalin puli berdik deb, kerilmanglar yor-yor,

Qalin puliri harini xatlab keldik yor-yor,

Oyimlarday singlimni boshlab keldik yor-yor,

Chimmatimga tikkanim chim kashtadir yor-yor

Kelin oyi so ‘rasangiz о‘n sakkizda yor-yor.

 

Hay-hay о ‘lan, jonim о ‘lan to’ydir bu kun yor-yor,

 Do ‘st kelib, dushman ketar kundir bu kun yor-yor,

Hay-hay о ‘lan jonim о ‘lan kelin olibo keldik yor-yor,

О ‘ng qo ‘llari ko ‘ksida oyim olibo keldik yor-yor,

Uzoqqa qiz bermanglar, ranggi sariq yor-yor,

 Onasining yoshlari misli ariq yor-yor.

 Osmoтdagi yulduzni otgan otam yor-yor,

0 ‘z qizini birovga sotgan otam yor-yor,

О ‘z qizining о ‘rniga bodom eksin yor-yor,

 Bodom shoxi egilsa bolam desin yor-yor.

       

Kelin salom. Kelin salom kelin tushgan kunning ertasiga ertalab, kelinni kuyovning ota-onasi va qarindoshlariga ko’rsatish, tanishtirish, salomlashish uchun o’tkaziladi.

Kelinning yuziga parda yopib, ro’molcha to’sib xonadon ostonasiga olib chiqadilar va kelin salom aytadilar:

 

 

Assalomu alaykum kelin salom

Avvalambor ikki olam sarvari

Yaratgan egamga salom!!!

 

 To ‘rga gilam to ‘shagan,

 To’raday o’g’il o’stirgan .

 Katta momoga bir salom.

 

To’badan choh kavlatgan,

 Soydan tulki ovlatgan

 Katta buvaga bir salom.

 

Ka’batillo yo’lida

Joynamozi go ‘lida

 Qayriotasiga salom.

 

Oyboltaday salmoqli

Eshonoyimday dimog’li

Qaynonalariga salom.

 

Qora qo’ying harrasi

Yigitlarning sarasi

Kuyov navkarlarga salom.

 

Uyida ko ‘pdir teragi

Hammadan ham keragi

Salom-salom уor-yor

Amma-xolalariga salom.

 

Qora qo ‘chqorni so ‘ydirgan

Mahallani to ‘ydirgan

 Salom-salom yor-yor

Amaki-tog’alariga salom.

 

Pista, bodomni ko’p chaqqan

Akasi kelsa gap chaqqan

Salom-salom уor-yor

Qaynsinglisiga salom.

 

Yigitlarning sardori

Kelinimizning xaridori

 Salom-salom yor-yor

Kuyov pochchaga salom.

 

Bo ‘ynimdagi marjonim

Uzilib ado bo’ldi

Shuning bilan azizlar

Salomim tamom bo’ldi.

http://economical.uz/

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.