Home / Tarixiy obidalar / Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. O.m. sunʼiy tepalik (bal. 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45×47,0 m), peshtogʻi gʻarbga qaragan. Bosh tarzini miyon-saroy, masjid va darsxona hamda 2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning kurilgan sanasi saqlangan. Hovli (34,6×29,4 m) tomoni oʻziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Mas-jid va darexona (4,8×4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng koʻrinadi. Ayvon (5,5×5,5 m) Madrasa gʻarbida joylashgan, mehrobi ganchli muqarnasdan «iroqi» uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan eshik, tobadoniga panjaralar oʻrnatilgan.

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

Vobkent minorasi

Vobkent minorasi Vobkent minorasi — Buxoro viloyati Vobkent shaxridagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali ...

2 комментария

  1. Xaqiqatdan ham bobolarimiz buyuk bo’lishgan

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.