Home / O’ZBEKISTON TARIXI

O’ZBEKISTON TARIXI

MUSTAQIL O`ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI

Mustaqillik maydoni

O`zbek xalqining mustaqillik uchun intilishi

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko`rilmagan hodisalar sodir bo`k «Sotsializm» deb atalgan totalitar tuzum, «kommunistik mafkura» deb atalmish zo`ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Bunday «kommunistik mafkura»ni butun jahonga, Yer yuziga yoyishni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.

Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shakldagi bo’linishlarga, uning xalqi o`zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo`lgani hammamizga ma’lum.

Xalqimizning ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo`g`ul-tatar bosqinchiligiga qarshi va nihoyat chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan.

Ayni chog`da, yaqin o`tmishda, sovet hokimiyati yillarida o`zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog`i, O`zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan.

Biz bunday kurashlarni yangidan-yangi manbalar orqali tobora chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bir so`z bilan aytganda, xalqimiz azal-azaldan o`z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

http://economical.uz/

2 комментария

  1. Мустақиллик учун курашган боболаримиз ва призидентимизга мингдан минг рахмат

  2. Anvar aka to’g’ri aytasiz, bu kunlarni qadriga yetaylik kimda biznikiday tinchlik bor