Home / O’ZBEKISTON TARIXI / O’zbek davlatchiligining shakllanishi

O’zbek davlatchiligining shakllanishi

O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mu`mkin.

            Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo`lishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unmdorligining oshishiga olib keldi.

            Ayni paytda urug` jamoasi xududiy qo`shni jamoasiga aylana bordi.

            Aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg`ul vaholarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo`ldi.

            Masalan miloddan avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalga 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo bo`ldi.

            O`zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan, O`zbekiston xududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3-ming yil bo`ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin.

            Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo`la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma`muriy markazi bo`la boradi.

            Avestodagi ma`lumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baktriya podsholigi haqidagi ma`lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish jarayonini axmoniylargacha bo`lgan davrda deb xisoblaydilar va mil. av. IX-VII asrlar deb belgilaydilar.

            Katta Xorazm davlati tarkibiga Amudarening quyi oqimidagi shimoliy arlar, Murg`ab vahosi va Parfiya xududlari, Baktriya davlati tarqibiga esa xozirgi Surxandaryo, Tojikistonning Amudaryoga yoki yerlar va Shimoliy Afganiston xududlari, Sug`diena — Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vahosi xududlari kirgan.

            Markaziy Osiyo xalqlari mil. avv. VI-IV asrlarda, ya`ni qarayib 200 yil mobaynida Eron ahamoniylari xukumronligi ostida yashodilar.

            Faqat mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning mrakaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo`lgan xalqlar o`z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Markaziy Osiyoda o`z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.

            Iskandor Zulqarnayn Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, il.avv.329 yilning bahorida Xindikush tog`idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi.

            Bosqinchilarga qarshi umum xalq uruushi e`lon qilgan Baktriyaliklar, so`g`ienaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qiladilar.

            Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkordalardan bo`lgan Spitamen boshchilik qiladi.

            Mil.avv.327 yilning oxirlarida Sug`diena Iskandor tomonidan batamom bosib olinib, qo`zg`olon bostirildi.

            Mil.avv.IV  asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, suriya va sharqqa bo`linib ketadi. Suriyadan to M.Osiyo Hindistonchaga  Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli  sarkadarlaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining mil. Avv. 312 yldan 250 yilgacha bo’lgan tarixi salavkiylar tarixi b-n chambarchas bog`liqdir.

            Mil. Av. 250 yillagacha kelib, Markaziy Osiyoda  salavkiylar davlatidan ikkita-dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Baktriya davlatlari ajraib chiqadi. Yunon-Baktriya davlatlarining asosi Baktriya bo`lib, ba`zi hokimlar davrida Xindistonning shimoliy-g`arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baktro shahri edi.

            Yunon-Baktriya m.a. II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak kabilalari xujumi natijasida butunlay inkirozga uchradi.

            Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir kismini o`z ichiga olgan qadimgi parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan.

            Mil. avv. II-I asrlarda M.Osiyoda mavjud bo`lgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy ma`lumotlariga ko’ra mil. avv. II asrda Farg`onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko`p bo`lib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi.

            Davon kishloq xujaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi.

            Mil. avv. III asrning boshlarida payda bo’lgan yana bir davlat Kang` davlati edi. Bu davlatning xududi dastlab Sirdaryoning o’rta okimidagi yerlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog` va cho`l zonalari) iborat edi.

            Mil avv. II-I asrlarda kang`liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni va Xorazmni o’zlariga bo`ysindiradilar.

            M.a. 1 va milodiy II-I asrlarda Qang` davlati iktisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi.

            Kang` davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo`lib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog`dorchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelgan.

            M.a. II-I asrlarda Urta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar kabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so`ng uni shunday nomlashdi.

            Toxarlar qisman ko’chmanchi bo`lib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ha`m yo`q edi, har bir shahar o`z hokimi tomonidan boshqarilgan.

            Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan M.Osiyo ulariga surib chiqarildilar va miloddan avv. 140-130 yillarda ular yunon-Baktriyag`a kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashodilar. Tez orada yuechji kabilalarining taz`yiki ostida yunon-Baktriya davlati parchalanib ketdi.

            M.av. 1-asr oxirida mil. 1 a. boshida bu erda ya`ni Baktriyada yuechji kab. birinine xokimi Kujula Kadfiz bo`lgan Kushon davlati tashkil topdi.

            Miloddiy 1 asrga kelib Kushon davlati o`z axamiyatiga kura antik davr Xitoydagi Xan davlati, parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunening eng kudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi.

            Kujula Kadfizdan sung uning ug`li Vima Kadfiz davrida mamlakatda pul islohati utkazilib oltin tangalar zarb kilina boshladi.

            Kushon podsholari ichiga eng malihuri Kanishka xisoblanadi. Uning xokimlik davrida Kushonlar saltanati yanoda izllab yashnadi. Mamlakat poytaxti Peshavar atrofida edi. Mamlakatining xududi Shimoniy Xindstan, afganiston, Markaziy Osiyoda kupgina viloyatlar, sharkiy Tarkistondagi ibarot edi.

            Kanishkadan so`ng Vosishka podsholigi davrida kushonlar saltanati, inkirozga uchray boshladi.

            Kushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari kishloq xujaligini yaxshi uzlashtirib olgan edilar chorvachilik ham rivojlanadi.

            Xunarmadchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikrok manzilgohlarda ham rivojlandi. Kushonlar davrida savdog-sotiq ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi.

            IV asrda Urta Osiyoda Kushon podshoxlari yo`q buldi boshqa kabiloviy vakillari-xonlar eki xionitlar etakchi rol` uynay boshladi.

            V a. urtalarida esa Urta Osiyo xududida yangi kudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishi oxiriga etdi.

            Manbalarda baxar berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Chog`anien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo`ysindirgan.

            Massagetlar avlodi — eftalitlar kushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir kismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalklarini yagona davlatga birlashtirdilar.

            Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida tahim o`rin tutib, keyinchalik o`z urnini 563-567 yillardagi kuralidan so`ng tarix moydanidagi yangi siesiy kuch-Turk xokonligiga bo`shatib berdi.

            Turk xokonligi tarkibiga Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bo`lgan O`rta Osiyo xududi kirar edi.

            588 y. Erondagi sosoniylar davlati va turk xokonligi lashkarlari orasida jang bo`lib, unda turklar mag`lubiyatga uchradilar. Shundan so`ng Turk xokonligi sharkiy xamda g`arbiy kismga bulinib ketdi.

            VII asr urtalarida yirik Arab xalifaligi davlati tashkil topdi. Arab xalifaligi VIII asr boshlarida butun Mavarounnaxrni bosib oldi. Arab istilosi bilan birga bu erga islom dini ham kirib keldi.

            VIII asrning oxiri IX asr boshlarida Arab xalifatligi chukur siesiy inqirozga uchradi.

            Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan vaziyat xalifalikni sharkiy viloyatlarni va Mavarounnaxrni idora kilishni mahalliy zadag`onlar vakillari Toxoriylar va Somoniylarga berishga majbur qildi. Ular tez orada falifalikdan mustaqil siyosat yurita boshladi.

            Somoniylar Mavarounnaxrni boshqarishda mahalliy an`analarga asoslanadilar. Ular dehkonchilik, xunarmandchilik va savdoni rivojlantirishni, soliq tizimini tartibga solishni mamlakatni boshkarishda shariat konunlariga amal kilishni davlat vazifasi darajasiga kutardilar.

            Ismoil Somoniy davrida davlat tizimini mustaxkamlaliga karatilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Natijda kadimgi sharq davlatchiligi an`analariga asoslangan markazlashgan boshqarish tizimi yaratildi.

            narshaxiyning ma`lumotlari bo`yicha, Somoniylar davlatining markaziy boshkaruvi 10 davondan iborat bo`lgan.

            X asr oxirlarida Somoniylar davlati kulab, Mavarounnaxrda xukimronlik Qoraxoniylar quliga utdi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo`lib boshkardilar.

            Koraxoniylar davlatning boshlig`i tamgachxan ya`ni xonlar xoni yaki Qoraxon-ulug` xon deb yuritilgan.             Qoraxoniylar davrida er egaligining iqta shakli keng avj oldi.

            XII asrning 2 yarmida Mavorounnaxrda Qoraxoniylar davlati inqirozga yuz tutib, uning o`rnida harbiy turk sarkardalari tomonidan boshqariladigan mayda feodal ulkalar paydo bo`ldi.

            O`rta Osiyoning janubiy g`arbidagi kudratli Seldjukiylar davlati XII asr urtalarida zaiflasha boshladi. Yuzaga kelgan siesiy vaziyatda Xorazmshaxlar mamlakati kuchaya boshladi. Xorezmshaxlar unvonini XI asr oxirida Kutbaddin Muxammad tiklagan edi. 1127-1156 yillarda xukmronlik kilgan Otsiz davrida Xorazm kuchli davlatga aynaldi. Uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alauddin Takoli (1172-1200_ davrida Xorazm erlari yana da kengayib u sharkdagi kudratli davlat buldi. Xorazmshax Muxammad davrida (1200-1220) Xorazmga butun Mavarounnaxr kushib olindi.

http://economical.uz/

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.