Home / O’ZBEKISTON TARIXI / Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari

Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari

Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari

20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O`zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxirida bu siyosat o`zining mohiyatini yo`qota boshladi va 1929-yilda batamom bekor qilindi. Yerkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo`yildi.

    O`zbekistonda sovet hokimniyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi.

     San’ati koloq, malakali ishchi kadrlar mutaxassislari deyarli yo`q, og`ir sanoati rivojlantirish tajribasi yo`q o`lkada industriyalashtirish og`ir kechdi.

 Industriyalashtirishning dastlabki paytida kichik suv elektrostantsiyasi hamda qishloq xo`jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash korxonalari qurilib ishga tushirildi. Chirchiqdagi GESlar Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki. Farg’ona to`qimachilik, Samarqand va Marg`ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir.

   30-yillarda Toshkent to`qimachilik kombinati, qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodi, Chirchiq kimyo kambinati va boshqa ko`plab yirik korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo`lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilar edi.

     Sovetlarning o`z kuchimiz bilan qisqa muddatda deb olib borgan industriyalashtirish siyosati O`zbekiston uchun g`oyat og`ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo manbalarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, o`lkadan mumkin qadar ko`proq foyda olish harakatida bo`ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo`rlik bilan olib borilgan jamoalashtirish siyosati g`arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi.

  1930-yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o`rta hol dehqonlar va kambag`allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi, ularning qo`llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.

  Davlat, jamoa xo`jaliklari orqali rejalashtirilgan yo`l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig`ib oladigan bo`ldi, Buning natijasida dehqonlar xo`jaligi xonavayron bo`ldi.

   Ommaviy jamoalashtirishga suyanib, badavlat xo`jaliklar ayrim o`rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o`z oilasi bilan uzoq o`lkalarga surgin qilindi.

    O`z-o`zidan ravshanki  jamolashtirish siyosati natijasida qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo`qoldi, qishloq aholisi qoshshoqlashdi, dehqonni espluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan usuli kashf etildi.

     O`zbekistonda paxta yakka hokimligini  kuchaytirish yo`li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.

   Ikkinchi jahon urushi yillari davrida izdan chiqqan O`zbekistonning iqtisodiyoti urushdan keyingi 1946-1950-yillari g`oyat keskinlashgan xalqaro vaziyatda qayta tiklana boshladi.

   Mamlakatning ichki resurslari, tabbiiy boyliklari va arzon ishchi kuchini g`oyat ko’chma ekspluatatsiya qilish evaziga, yaxshi sarmoyalardan bosh tortgan holda olib borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og`ir kunlarni keltirdi. O`zbekiston xo`jaligini tiklash ishlari sovet hukumatining zo`r berib qurollanish siyosatiga bo`ysindirildi.

   Urushdan keyingi yillarda qishloq xo`jaligini, ayniqsa chorvachilikni tiklash ishlari ancha og`ir o`tdi. 1945-yil 15-iyuldagi Markaziy hukumatining O`zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’rg`risidagi qarori asosida paxta  yakkaxonligi kuchaytirildi va O`zbekistonning markazga bog`liqligi yana ham mustahkamlandi.

     Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning ittifoqqa bog`lanishi yana ham kuchaydi.

  Prezident I.A.Karimov u paytda O`zbeksiton bir yoqlama iqtisodiyotga Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo`lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi, deydi.

   O`zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush xolatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og`ir bo’ldi.

   80 yillarda fan, madaniyat va xalq ta`limiga ajratilgan harajatlar davlat byudjetining 27 foizni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1989 yili Yevropa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida 5,4 fozni tashkil qilgan. Bolalar o’limi oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar bo`yicha O`zbektiston SSSR da birinchilar qatorini egalladi.

  Totalitar tizimi jarayonida o’lkadagi madaniy-ma`rifiy ishlar e`tibordan chetda qolmadi. 20-30 yillarda savotsizlikni tugatish, ta`lim-tarbiya ishlari osongina qo’lga olindi.

  Achinarlisi shundaki, respublikada ta`lim-tarbiya, madaniy-ma`rifiy ishlar Shaklan milliy-ma`rifiy sotsialistlik shiori ostida olib borildiki, asl maqsad baynalminalchilik niqobi bilan pardalanib, o’lkaga rus madaniyatini, ularning turmush tarzini tarqatishdan iborat bo’ldi.

   Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlab dinga, diniy tashkilotlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borib, ateistlik jamiyat qurish tomon yo`l tutgan edi. Machit va madrasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Navruz kabi umumxalq bayrami diniy marosimlar bekor qilindi.

    20­­-30 yillar o`zbek adabiyoti va san`atida izlanishlar, uyg`onish va yo`qotish yillari bo’ldi. 20-yillarda ma`rifatchilik harakatining samarali yillari bo’lib, A.Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon, Botu, Elbek, Hamza, S. Ayniy so’ngroq yangi yosh ijodkorlar Oybek G.G’ulom, X.Olimjon, A.Qaxxor kabi o`zbek adabiyotining yirik namoyandalari faoliyat ko’rsatdi.

   Urushdan keyingi 50-60­ yillarda respublika ijobiy ziyolilarning yangi avlodi shakllandi. Shaxsga sig`inishning fosh etilishi bilan yuzaga kelgan iliqlik shamoli bilan badiy adabiyotda, ko’pgina salmoqli asarlar yaratildi. Bir qancha yangi o`zbek teatr va konsert san`atining dong`ini taratgan jamoalar tashkil etildi. Jamiyatda inqirozli holatlarini kuchayishi bilan madaniy xayotdagi ziddiyatlar ham keskinlashdi, chiqib borayotgan sotsializm g`oyalarsiz tarixiy badiy asarlar yorug`lik ko’rmaydigan bo’ldi.

  O`zbek xalqi uchun eng daxshatlisi milliy, diniy, tarixiy, qadriyatlardan judo bo’lganligida edi. Yagona sovet xalqi nterrnatsional peol to’g`risidagi uydirma nazariyalar adabiyot va san`atdagi shaklan milliy, mazmunan sotsialistlik asarlarining yaratilishi xalqimizni azaliy qadriyatlardan maxrum etdi.

http://economical.uz/

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.