Home / Boshqalar / Yangiliklar / “Turkiston” san’at saroyida milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

“Turkiston” san’at saroyida milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 12—13-mart kunlari “Turkiston” san’at saroyida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ko‘rgazma tashkilotchilari “Daryo” nashriga ma’lum qildi.

“Turkiston” san’at saroyida milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
“Turkiston” san’at saroyida milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Bu ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyuradigan usta-hunarmandlar o‘zlarining ajoyib ijod mahsulotlarini namoyish qiladi.

Ko‘rgazmada Marg‘ilon shohi matolari va adraslari, Shahrixonning mashhur damashqiy pichoqlari, Samarqand ustalarining zardo‘zi va patdo‘zi uslubidagi libos va uy-ro‘zg‘or buyumlari, Toshkent va buxorolik zargarlarning milliy uslubdagi zargarlik mahsulotlari va boshqa ko‘plab ajoyib milliy sovg‘a va esdalik buyumlarini eng arzon chegirmali narxlarda xarid qilish mumkin.

Ko‘rgazma soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Kirish bepul.

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

«Yoshlar haftaligi»ga bag’ishlangan rasmiy veb-sayt ishga tushdi

Xabaringiz bor, 16-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar haftaligi o‘tkaziladi. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» ...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.