O‘ZBEKISTON TARIXI

SALAVKIYLAR DAVLATI

Miloddan avvalgi lV -lll asrlar har bir tarixchi uchun shubhasuz qiziqarli davr hisoblanadi.Alexand Makedonski vafotidan so'ng uning ulkan imperyasi parchalandi va bu imperyaning bir qismiga Salavka o'z davlatchiligiga asos soladi. Salavkiylar davlati - Yaqin va Oʻrta Sharkdagi yirik davlat (mil. av. 312— 64). Aleksandr tuzgan saltanat tanazzulga uchragach paydo boʻlgan. Salavk I Nikator (yun. Seleukos Nikator — "Muzaffar") (mil. av. 358/ 354—281/280)— Salavkiylar davlati va sulolasi asoschisi. Makedoniyalik mashhur Antioxning oʻgʻli. 326-yil Aleksandrning Hindistonga qilgan yurishlarida mashhur sarkarda sifatida nom chiqardi. Aleksandr oʻlgandan keyin uning safdoshlari (diadoxlar) bilan taxt uchun shafkatsiz kurash olib bordi. Miloddan avvalgi 321-yil Bobil satrapligini boshqarish unga topshirilgan. Miloddan avvalgi 312-yilga kelib ("salavkiylar erasi"ning boshlanishi) bu yerda mustahkam oʻrnashib olgach, Midiya, Suziana va Forsiya (Persida)ni, keyinchalik Baqtriyani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi va oʻzini shoh deb eʼlon qildi. Taxminan miloddan avvalgi 305- yilda Hindistonga muvaffaqiyatli yurish qildi, lekin Gʻarbdan tashvishli xabar olgandan soʻng, hind shohi Chandragupta bilan 500 fil evaziga sulh tuzdi va egallab olgan hududni qaytarib berdi. Ipsdagi jang (mil. av. 301-yil) natijasida (diadoxlar oʻrtasida yer boʻlinganda) Mesopotamiya va Suriyani oldi. Mil. avv 281-yil Lisimaxni tormor qilib Kichik Osiyoning deyarli hamma hududini egallab oldi. Poytaxtlari — Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya (300-y. gacha), 300-y. dan — Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya boʻlgan.

Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Baʼzan, asosiy hududining nomi bilan Suriyapodsholigi deb ham yuritilgan. Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik Oʻrta Osiyoning jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. av. 301-y. Mesopotamiya va Suriya, mil. av. 281-y. Kichik Osiyo ham Salavkiylar davlatiga qoʻshib olingan. Salavkiylar davlati hududidan oʻtgan savdo yoʻllari (Kichik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Xitoy bilan bogʻlagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab boʻldi. Salavk I mil. av. 293-y. da oʻgʻli Antiox I ni Oʻrta Osiyoyerlariga hokim etib tayinlaydi. Salavk I Makedoniyaning podshosi boʻlish maqsadida Frakiya va Makedoniya tomon yurish boshlagan. Lekin, Ptolemey Lagning oʻgʻli Ptolemey Keravn tomonidan oʻldirilgan. Oʻrta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi bilan bogʻliq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda boʻlishiga qaramay, Oʻrta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi boʻlib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtgan savdo yoʻllari boʻyida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Maʼmuriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya boʻlganligi haqida maʼlumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga boʻlingan. Yunon hokimlari va ular atrofida toʻplangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar.

Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrga ning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. avv. 250-y. da Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi.Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi.Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o’z mustaqilligini tiklab olgan.Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (Er. avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo’lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi.

Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o’tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo’shin bilan yurish boshladi. Yo’lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to’xtatadi. Aytishlaricha Salavkiylardan ko’ra qudratli bo’lgan Rim elchisi Antiox IV o’tirgan joyni atrofida doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to’xtatish) Antiox IVni doira ichidan chiqib ketishini taqiqladi. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to’xtatiladi. Butun davlat inqirozga yuz tutib mil. avvalgi 64 yilda faqat hozirgi Suriya hududidan iborat boʻlib qoldi va oʻsha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. Oʻrta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron boʻlgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sugʻdiylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri boʻlib qoldi.

Salavkiylar davlatlari sharq tarixining muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda o’lkammiz xalqlarining davlatchilik, xalq xo’jaligi va turmush tarzi moddiy va manaviy kelib chiqishi va qudrati strategik muhimligini ko'rsatadi.