O'ZBEK ZIYOLILARI

Sharifa Salimova (1951)

Sharifa Salimova (1951)

Shoira Sharifa Salimova 1951 yil 30 dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti tamomlagan (1969—1974). O‘zbekiston televideniye va radio-eshittirish Davlat Qo‘mitasi qoshidagi «Vatandosh» radiostantsiyasida kichik muharrir, bo‘lim boshlig‘i, «Saodat» jurnali va «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bo‘lim mudiri (1989—1994), O‘zbekiston Prezidenti devonida ma’sul vazifada ishlagan.

Sharifa Salimovaning dastlabki she’riy guldastalari 70-yillarning oxiri va 80-yillarda «Hayot zavqi» va «Mening bahorim» nomi bilan chop etildi. Shoira ijodida «Hizr bulog‘i» (1996) alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bag‘ishlangan.

Sharifa Salimovaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan (1994). U qozoq, qirg‘iz, rus shoirlaridan tarjimalar qilish bilan bir qatorda, islomshunos olmon shoiri Hadayatulloh Hyubsh she’rlarini ham tarjima qilib «Oh, atirgul» nomi bilan nashrga tayyorlagan.