O‘ZBEKISTON TARIXI

SOMONIYLAR DAVLATI

Davlatning tashkil topishi

Somonilar davlati 10 asr oʻrtalarida

Somonilar davlati 10 asr oʻrtalarida

Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun va Amin o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurashda Ma’munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o’zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay aka-uka Nasr va Ismoil o’rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu’tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o’rtasida urush boshlanib, Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi.

Boshqaruv tizimi

Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo’lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo’shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko’tarilgan. Hojiblarning boshlig’i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.

Somoniylar davrida turkiy hokimlar bir qator viloyatlarni boshqargan, 10-asr Farg’ona shaharlarida chiqarilgan tangalarda ko’plab turkiy hokimlar tilga olingan.

Bo’ri-tegin yoki Bo’ri — somoniylarning Turkiy zobiti bo’lib, 974/975—977 yillarda G’azna hokimi bo’lib xizmat qilgan. Somoniylarning yana bir sarkardasi, asli turkiy bo’lgan Sebuktegin Bo’ri-teginni quvib chiqardi va 977-yilda Somoniylar amiri Nuh II tomonidan hokim etib tayinlandi..

Somoniylar sarkardasi Simjur ad-Davatiy asli turkiy edi. U Ahmad ibn Ismoil qo’l ostida xizmat qila boshladi va Sharqiy va markaziy Eronning turli hokimliklariga tayinlandi va Somoniylarning mintaqada o’z hokimiyatini kengaytirishga yordam berdi. Uning avlodlari Simjuridlar sulolasi nomi bilan mashhur. Uning o’g’li Ibrohim ibn Simdjur 944/945 yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Ibrohim vafotidan so’ng uning o’g’li Abul-Hasan Simjuriy Xurosonga hokim etib tayinlanadi va qariyb o’ttiz yil davomida bu lavozimda ishladi. Nuh I hokimiyatga kelishi bilan Muhammad Buxorodan o’zi uchun kattaroq muxtoriyat olishga muvaffaq bo’ldi.

Turk Alp-tegin asta-sekin Somoniylar qo’riqchilarning oliy boshlig’i, „hojiblar hojibi“ darajasiga ko’tariladi (943-954).

Somoniy sarkardalaridan biri turkiy Quttegining nomi Buxoro, Balx va Termizda chiqarilgan Somoniylar tangalarida yozilgan. Somoniylarning turkiy sarkardasi Mansur ibn Qora-tegin Xurosonni boshqarar edi.

Somoniylar hokimiyatining inqirozi

Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo’ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari qo’shiniga maosh to’lash uchun mablag’ topilmaydi. Bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko’taradi. Saroy sarbozlari va Chag’oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag’oniy yordamida Ibrohim Buxoro taxtini egallab oladi. Ko’p vaqt o’tmay Abu Ali Chag’oniyning o’zi ham hukmdorga qarshi isyon ko’taradi. Nuh qo’zg’olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag’oniyni u avval Chag’oniyonga, so’ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo’ladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g’ala- yoni ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o’t qo’yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qay tarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. 992-yilda Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo’shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so’ng qoraxoniylar noibi qo’shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G’azna va Xurosonda Sobuqtegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og’ir bir sharoitda xiyonat ro’y beradi. Ya’ni Sobuqtegin qo’shini Buxoroni egallaydi. So’ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo’lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko’p vaqt o’tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.

Somoniylar davlatida Islom dini ravnaqi

Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida Islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida O’rta Osiyodagi ilk ilmgoh — madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma’naviy hayotida „ustod“ deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom „shayx ul-islom“ nomi bilan yanada ulug 'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O’rta Osiyo aholisining mustaqil xalq bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Asli Xorazm va So’g’d tilida so’zlashgan Farg’ona, Samarqand va Buxoro somoniylar davrida til jihatidan forsiylasha boshladi.

Samarqand va davlatning boshqa shaharlarida ishlab chiqarilgan sopol buyumlarga yozuvlar bitilgan arab tili somoniylar uchun katta ahamiyatga ega edi.

Somoniylar davlati aholisining ayrim guruhlari turkiyzabon edi. Xorazmlik etnograf olim Beruniy (973-1048) o’z asarlarida Xorazmning turkiy aholisi qo’llagan turkiy oylar va turkiy dorivor o’tlarning nomlarini ko’rsatadi. Beruniy o’zining 1000-yillarda Xorazmda yozgan „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida yillarning turkiy nomlarini hayvoniy davrga ko’ra bergan bo’lib, ular Xorazmning turkiy aholisi ishlatgan: sichqon, ot, barlar, jerboa, lui, ilon, yunt, kuy, pichin, tagigu, Tunguz. Beruniyning „Hindiston“ asarida Toshkent vohasining turkiy nomi mustahkamlangan. Beruniyning yozishicha, Shosh shahri nomi turkiy tildan kelib chiqqan bo’lib, unda Tosh-kand, ya’ni tosh shahar deb ataladi.

Somoniylar davlatida pul siyosati

Somoniylar tomonidan mis, kumush va oltin tangalar chiqarilgan. Markaziy hokimiyat va mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi munosabatlarning har xilligi tanga zarb etilishida, mis tangalardagi nomlarning joylashishi va bu hukmdorlarning unvonlarida sezilarli darajada namoyon bo’lgan.

Buxoroda Mansur I zarb qildirgan tanga

Somoniy tangalari ichida tadqiqotchilar to‘rt toifani qayd etadilar: I) o‘z nomi bilan tanga chiqarmagan hukmdorlar; 2) mahalliy mulkdor sulola boshlig‘i nomidan fuls chiqargan, tangaga uning nomini ham yozgan; 3) egasi o‘z nomidan tangalar chiqargan, lekin u sulola boshlig‘i nomini sharaf bilan, hukmdor sifatida tilga olgan; 4) egasi o’z nomidan mis tangalar chiqargan, sulola boshlig’i nomini umuman tilga olmagan.

Mis tangalarda Somoniylar amirining nomi va ko’pincha o’lkaning o’ziga xos hukmdori nomi yozilgan. 947—948-yillarda va 954—955-yillarda Somoniylar amiri nomi va Nasrobod hukmdori Turk Molik ibn Shukurtegin nomi tilga olingan. 947-yildan boshlab Nasrobodning mahalliy hukmdori turk amiri Malik somoniylarning oliy amir va „mo’minlar hukmdorining homiysi“ unvonlari bilan tangalar chiqargan. Keyinchalik Axsiket-Farg’onada 965—977-yillarda mahalliy hukmdor o’z nomidan tangalar chiqargan, lekin u somoniylar sulolasi boshlig’i nomini hurmat bilan tilga olgan.

Somoniylarga vassali bo’lgan turkiy Simdjuridlar sulolasi vakillari Kuhiston va Xurosonda ham o’z tangalarini chiqarishgan.

Mamlakat iqtisodiy hayoti

Somoniylar maqbarasi, Buxoro

Somoniylar davlatida dehqonchilik va hunarmandchilikning rivoj topishi natijasida ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo’li bo’ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilindi. Karvonlar o’tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilib, ularda hujralar va omborxonalar bo’lgan. Ichki bozorlarda „fals“ deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga — dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola aʼzolaridan bo’lgan baʼzi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig’i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so’qilar edi. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining „mulki sultoniy“, „mulk yerlari“, „vaqf yerlari“, „mulki xos“ va „jamoa yerlari“ deb ataluvchi 5 turi mavjud bo’lgan. Davlat tasarrufidagi yerlar „mulki sultoniy“ deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha „mulk yerlari“ hisoblangan. Masjid, xonaqoh va madrasalarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar „vaqf yerlari“ deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga hosilning 1/3 hajmida xiroj to’lar edi. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo’l ostidagi yerlar „mulki xos“ deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo’lgan mulkdorlar davlatga ko’pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig’ini to’lagan. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar — mulki iqto yerlari deb yuritilgan. Bundan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham maʼlum hajmda yer maydonlari saqlanib, ular „jamoa yerlari“ hisoblan- gan. Ular asosan lalmikor va tog’oldi yerlaridan iborat bo’lgan. Dehqonchilik solig’i — xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplagan. Shuning uchun somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirishga katta eʼtibor berganlar.