Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon-madrasasi

Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon madrasasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo‘sh imorat ansamblning jan. tomonida me’-mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652 y.da qurilgan. Ulug‘bek madrasasining (1419) qershisida. Ma-drasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsidovlining har tara-fi o‘rtasida peshtoqli ayvon bor. Umu-man Madrasa bezaklari yuksak san’at va mahorat b-kishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar katorida afsonaviy jonivorlar tasvi-ri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, jan. ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zar-hal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzarala-ri va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylana-si 50×67 m, hovli — 28×35 m. Madrasa 17- a. Buxoro mahobatli me’morligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’-iy ta’mirlar (peshtoq muqarnasini Us t a Shirin Murodov ta’mirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida say-yoxlar uchun millim musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shim.-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.