Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Bo’yonqulixon maqbarasi

Bo’yonqulixon maqbarasi

Buxoro. Bo’yonqulixon maqbarasi

Buxoro. Bo’yonqulixon maqbarasi
XIV asrning ikkinchi yarmi. Bo’yonqulixon Surg’atu o’g’li Chig’atoy o’g’li (1346-1358 y.). Chig’atoylarning davlat ishlarini aslida uning nomidan amir Qazag’on boshqargan. Bo’yonqulixon Chig’atoy xonlaridan birinchilar qatorida Islomni qabul qilgan xondir. Bo’yonqulixon maqbarasi XIV asr o’rtasida Buxorodagi Shayxul olam Sayfiddin Boharziy qabri yaqinida qurilgan. Maqbara binosi mayda naqsh va sirkor koshinlar bilan bezalgan ziyoratxona va kichik xilxonadan iborat. O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.