Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Chor Bakr me’moriy majmuasi

Chor Bakr me’moriy majmuasi

Chor-Bakr-me’moriy-majmuasi

Chor Bakr me’moriy majmuasi

Chor Bakr majmuasi Buxoro shahri yaqinidagi Sumitan qishlog’ida joylashgan. CHor Bakrdagi qator maqbaralar ko’p zamonlardan buyon xalq ziyoratgohi bo’lib kelgan. XVI asr Abdullaxon hukmronligi davrida ikki qavatli madrasa va hashamatli masjid barpo etiladi. U Abu Bakr Sa’d Yamaniy avlod — ajdodiga hurmat bajo keltirib, uning qabri boshida xonaqoh, hashamatli masjid va baland peshtoqli madrasa bino qildiradi. Segona shakldagi majmua 10 yil ichida qurib bitkaziladi.

Majmuaning ro’parasida taqriban 150 metr sharq tomonda Haramsaroy ham tiklnadi. Majmuada barpo etilgan binolarning hammasi birgalikda atrofi baland devor bilan o’rab olingan. Majmuaning old qismi keng hovli bo’lib, u ikki qismga ajratilgan. Majmuaga tashqi darvozadan kirib, ichkari darvozadan maqbaralar va masjid, madrasa joylashgan hovliga kiriladi. Majmuaning g’arb tomondagi darvozasi orqali chiqib ketiladi.

Chor Bakr majmuasi xonaqoh, madrasa, masjid, minora, haramsaroy, hazira va dajmalardn iborat.
Majmua tarkibidagi xonaqoh peshtoqi 3 qavatli, hujralar peshtoq qismida ham mavjud. Xonaqoh oldi  ayvonli bolib, xonaqohda uch tomondan ikki pallali katta eshik qurilgan. Qibla tomon devori osmon sharfali mehrob bilan bezalgan. Gumbaz arki — duzi usuluda qilingan  Gumbaz aylanasi 17 metr, balandligi esa 22 metr. Xonaqoh peshtoqining balandligi 20 metr. Poydevori yer ostida bo’lib, 12 metrni tashkil qiladi.

Chor Bakr madrasasi Buxoro madrasalarining oliy toifasiga kiritilgan. Madrasa peshtoqi juda hashamatli, huralari ko’p. Peshtoqi 3 qavatli, 3 qavatida ham hujralar mavjud. Madrasaning yuqori qismidagi joylashgan hujralariga maxsus pillapoya orqali chiqiladi. Madrasaning old qismini Namozgoh maydoni tashkil etgan. Madrasa peshtoqi 1950, 1971 — yillarda va undan keyin ham bir necha bor ta’mirlangan, ammo keyinchalik butulay buzilib ketgan edi. 1999 — yilgi ta’mirda ustalar uning poydevoriga qarab, o’zini qayta tikladilar.

Majmuaning masjid binosi 3 tomondan ikki tabaqali eshik qo’yilgan. Gumbazining ichki qismi arki- duzi usulida yasalgan. Masjidning ikkinchi qavatida hamda peshtoq qismida hujralar qurilgan.Masjid peshtoqining balandligi 20-30 metr poydevorining yer sathidagi qismi 12-metrni tashkil qiladi.
Yuqorida aytilgan 3 hashamatli binoning ro’parasida minora ham qurilgan. Ushbu minora 1890-yilda Mirzo Xoji Jo’yboriy tomonidan tiklangan.Minara unchalik baland emas. Taxminlarga ko’ra bu minora oldingi minoraning poydevori ustiga qurilgan bo’lishi mumkin.

Chor Bakr majmuasining ro’parasida Abdullaxon tomonidan o’zi uchun haramsaroy ham qurilgan.Haramsaroy ikki qavatli,binoning to’rt tomonidan shinam eshigi bo’lgan. Binoning ro’parasida esa hovuz bo’lgan. Binoning birinchi va ikkinchi tarafi ham chordara shaklida bo’lgan. Haramsaroyning tashqi va ichki tomoni naqshi kundali bilan bezatilgan. Haramsaroy atrofi 7 qavat kungurador devor bilan o’ralgan. Haramsay binosi bugungacha yetib kelmagan.Bino poydevorining g’arb tomonida qabr ham bor.

Chorbakr majmuasining umumiy maydoni 40-gektar bo’lib,12-gektar kenglikni qabriston qismi tashkil etadi.Mazkur qabristonda jo’yboyxojalari,podshoh avlodlari,hojalarning ahli ayoli,o’g’il nevaralari oldindan tayyorlangan dahma-go’rxonalarga qo’yilgan.

Buxoroning 2500 yillik to’yi munosabati bilan shahardagi tarihiy obidalar qayta tiklandi.
Prizidentimiz raxnamoligi ostida Chorbakr majmuasida ham ulkan qurulish ishlari olib borildi.Majmua 2000-yilning avgust oyida to’la tamirlanib istiqlolimizning 9-yilligi arafasida   tantanali suratda jiyoratchilar ixtiyoriga topshirildi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.