Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Mag’oki Attori masjidi

Mag’oki Attori masjidi

Mag’oki-Attori-masjidi

Magʻoki attori masjidi

Magʻoki attori masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (10— 16-a.lar). Magʻok (chuqurlik)da va attor bozori yaqinida joylashgani sababli M.a.m. deb nomlangan. Qad. 4 ustunli Moh masjidi (9-a.) oʻrnida 12-a.da eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934 y.da arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan). 14-a.da taʼmirlangan, 15-a.da peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541—42 y.lar) binoning yuqori shemi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, oʻrta gumbazi balandroq boʻlib, uning asosi (poygumbazi)dagi darchalar orqali bino ichiga yorugʻlik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq gʻayriodatiy ravishda binoning yon tomoni (jan.)da joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqining koʻrinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi oʻziga xos bezaklar muhim oʻrin tutadi. Ganch va mayda gʻisht boʻlakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami gʻoyatda nafis va yuksak badiiy did bilan bajarilgan. Namoyon oʻlchamlariga mutanosib ravishda murakkab boʻrtma bezaklar ishlangan. Ustungoʻshalari oʻyma naqshlar b-n, boshasi vazasimon shaklda koʻrkamlashtirilgan. M.a.m.ning bezaklari 12-a. Buxoro meʼmorlik maktabining yuksak namunasi sifatida Oʻzbekiston meʼmorlik tarixida alohida oʻrin tutadi. 1939 — 49 y.larda peshtoqi mustahkamlanib taʼmirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.