Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Namozgohi masjidi

Namozgohi masjidi

Namozgoh-masjidi

Buxoro Namozgohi masjidi

Buxoro Namozgohi masjidi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning jan. chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida barpo etilgan (1119). Masjid pishiq g‘ishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor b-n o‘ralgan. 16-a.dagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz b-n, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz b-n yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalonyo‘lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko‘chirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro Namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o‘z ifodasini topgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.