Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Nodir devonbegi xonaqohi

Nodir devonbegi xonaqohi

Nodir-devonbegi-xonaqohi

Nodir devonbegi xonaqohi

Nodir devonbegi xonaqohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnpnt vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—21). Labiho-vuz ansamblidatm hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib kolgan. 2 tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kirila-digan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlangani (1914—16 y.larda Buxoroning oxirgi amiri Sayid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) dan asl koʻrinishi oʻzgargan. N.d.x. sim-metriktarqli (27,5X25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2 xll,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli dar-vishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. N.d.x.ninghoz. koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, kurkam inshootga aylantirilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.