Home / TARIXIY OBIDALAR / NAVOIYDAGI OBIDALAR / Mirsaid Bahrom maqbarasi

Mirsaid Bahrom maqbarasi

Mirsaid Bahrom maqbarasi2

Mir Said Bahrom maqbarasi

Mir Said Bahrom maqbarasi Karmana shahrining markaziga yaqin Mir Said Bahrom mahallasining shimoliy chegarasida joylashgan. Maqbara X-XI asrlarga xos bo‘lib mamlakat hisobidagi yodgorliklar qatoriga kiradi. Maqbara bir gumbazli, to‘rtburchak shaklda, hamma tomoni bir xil o‘lchovdagi pishiq g‘ishtdan tiklangan. Bino bir necha bor ta’mir qilinib, dastlabki ko‘rinishini tiklagan. Uning old qismi juda ustalik bilan bezatilgan, g‘isht turli usulda terilib, unga har xil shaklda bezak berilgan. Maqbaraning janubiy tomonida bitta eshik bor, uning tepa qismida kungurador panjarali tuynuk ochilgan. Bosh fasat pishiq g‘ishtdan qayta terilgan, unda geometrik naqshlar, kufiy usulda bitik yozilgan. Maqbara o‘rtasida Mir Said Bahromning qabri bor. Qabr yonida arabcha so‘zlar yozilgan ikkita qabr toshi ham saqlanib qolgan. Aslida Mir Said Bahrom to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol u kishi musulmon dinining yirik nomoyondalaridan biri bo‘lgandir. Ehtimol SAMONIYLAR sulolasi vakillaridan biridir. Chunki maqbara qurilish jihatidan, Buxorodagi Ismoil Samoniy maqbarasiga o‘xshab ketadi. Maqbaraning birinchi tadqiqotchisi A.K.Pisarchik hisoblanadi. XX asrning 60 yillarigacha bu yodgorlik ko‘pchilik e’tiborini tortib kelgan. 1969 yilning qattiq qishida ko‘p qor-yomg‘ir yog‘ishi natijasida maqbara binosi qisman cho‘kib devorlari va gumbazlarida yoriqlar paydo bo‘lgan. Hozir Mir Said Bahrom maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, uning yonida «Yoshlik» bolalar istirohat bog‘i tashkil etilgan. 1965-1970 yillarda maqbara yonida ayvonli masjid bo‘lgan, keyinchalik u buzilib ketgan. Bugungi kunda buzilib ketgan ayvonli masjid qayta tiklanib o‘z holatiga qaytarilmoqda.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.