Home / TARIXIY OBIDALAR / SAMARQANDDAGI OBIDALAR / Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

 Imom al Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom alBuxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. 16-a.da Imom alBuxoriy kabri ustiga mo‘’jazgina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga tushib qolgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom alBuxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilmma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari b-n boglik joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apreldagi «Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 y.da qurildi.Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu yerda hadis ilminm o‘rganish va b. ma’rifii ishlarni amalga oshirish ham ko‘zlangan. G‘.lgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va b.) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va b. inshootlar) ning hovli atrofida r b-n bezatilgan. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom alBuxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh b-n qoplangan.Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqrhning umumiy mayd. 786 kv.m. Peshayvonining umumiy mayd. 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlining o‘ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar b-n bir xil shaklda va o‘lchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va b. yumushlarga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy mayd. 946 kv. m. Peshayvonining mayd. 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom alBuxoriy asarlarining nashrlari va b. kitoblar bor. Majmua to‘rida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv markazi — «Dorul hadio binosi joylashgan

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.