Home / TARIXIY OBIDALAR / SAMARQANDDAGI OBIDALAR / Imom al-Moturidiy maqbarasi

Imom al-Moturidiy maqbarasi

Imom al-Maturidiy maqbarasi

Imom al-Moturidiy maqbarasi

Imom al-Moturidiy maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining IZO y.ligi (2000) munosabati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan (xududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga koʻra, 3 qism (markaziy, bogʻ va xoʻjalik in-shootlari)ga boʻlingan, ular oʻzaro bir-biri bilan xiyobonli yoʻlka orqali bogʻlangan. Loyiha oʻqi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara bi-nosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yoʻlka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik meʼmoriy loyihasi va badiiy yechimida oʻzbek milliy mahobatli sanʼatining eng yaxshi anʼanalari qoʻllangan. Maqbara pishiq gʻishtdan, murabba tarxli (12×12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga boʻlinib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimning hadis soʻzlari bitilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.