Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1619—36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq koʻzli qilib tasvirlanib, yuzi zarhal tusli yogʻdu bilan hoshiyalangan. Madrasa nomi shu tasvirdan kelib chiqqan. Binoning serhashamligi shu peshtogʻida. Peshtoqning 2 tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini oʻtagan. 1960—64 yillarda peshtoqqanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.