Home / TARIXIY OBIDALAR / TOSHKENTDAGI OBIDALAR / Shayx Xovandi Tohur majmuasi

Shayx Xovandi Tohur majmuasi

Shayx Xovandi Tohur (Shayxontohur) majmuasi

Shayx-Xovandi-Tohur-Shayxontohur-majmuasi

SHAYX XOVANDI TOHUR MAJMUASI

(Navoiy ko‘chasi, Shayxontohur tor ko‘chasi) – me’moriy yodgorlik (15–19-asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Mavjud yodgorlik 15-asrga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18–19-asrlarda qurilgan; bunda Movarounnahr­da 14-asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo‘ylama maqbara-majmua tarhlari saqlab qolingan. Maqbaraning bino yuzasidan sal chiqib turuvchi kichik peshtog‘i bor, ichki devorlari chuqur ravoqli. Xonalar gumbazlar b-n yopilgan; go‘rxona gumbazi qo‘shqavat bo‘lib, 12 qirrali asosga o‘rnatilgan. Ziyoratxona me’morligi o‘ziga xos xonaqoh bo‘lib, sakkiz ravoqdan iborat. Darchalardagi koshinkori panjaralar saqlanib qolgan. Maqbara yupqa chorsi (25x26x5–6 sm) pishiq g‘ishtdan terilgan. Maqbaraning o‘lchamlari 16,2×8 m, xonalari 6×6 va 4,2×4,1 m, ziyoratxona gumbazining balandligi 12,8 m. Ke­yinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-asr) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshonqulidodhoh madrasasi saqlanmagan. O‘tmishda majmua Toshkent aholisining ziyoratgoh qadamjolaridan biri bo‘lgan. Turli bayramlarda bu yer sayilgohga aylangan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.