Home / TARIXIY OBIDALAR / TOSHKENTDAGI OBIDALAR / Xoʻja Alambardor maqbarasi

Xoʻja Alambardor maqbarasi

Xo’ja-Alambardor-maqbarasi

Xoʻja Alambardor maqbarasi

Xoʻja alambardor maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-a.); Kamolon qabristonida. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87×8,0 m), balandligi gumbazi bilan 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08×6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi. XIX asr. Bu maqbara Islom dini arboblaridan Xo’ja Abdul Aziz Alambardor nomi bilan bog’liqdir. Islom fotihlari hijriy 135-145 yillar oralig’ida qadimgi Choch (Shosh — hozirgi Toshkent) shahriga kelganida lashkarning bayroq ko’taruvchisi — alambardori Abdul Aziz Samarqand darvoza tashqarisiga Islom tug’ini qadagan. O’sha joy hozirgi Xo’ja Alambardor qabristonining o’rtasi bo’lib, keyinroq bu erda bir sag’ana qurilgan. Xo’ja Alambardor Abdul Aziz umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o’tkazadi va o’sha erda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning ota-onalari ham qo’yilgan. Demak, mazkur maqbarada Xo’ja Alambardorning o’zi yo’q. Ammo ichida katta-kichik beshta qabr mavjud. Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o’sha vaqtda qo’yilgan Islom bayrog’i tug’i hamon saqlanadi. Tug’da «Alloh» va «Muhammad» so’zlari yozilgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.