Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Islomxoʻja madrasasi va minorasi

Islomxoʻja madrasasi va minorasi

Islomxo’ja madrasasi va minorasi

Islomxoʻja madrasasi va minorasi

Islomxoʻja madrasasi va minorasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Xiva xoni Asfandiyorxonnmt bosh vaziri va qaynotasi Islomxoʻja qurdirgan (1908—10). Madrasa (42,8*32,5)ning bosh tarzi ikki qavatli. Hovli (23×20) atrofi bir qavatli kichik hujralar (jami 42 ta) bilan oʻralgan. Bosh tarzining hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning jan.sharqidagi masjid gumbazli, mehrobi koshin va ganchkori naqsh bilan bezatilgan. Old tomonida Xivadagi eng baland minora (44,6 m) qad koʻtargan. Asosining diametri —9,5 m. Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Koʻk, yashil rangli naqshlar bilan bel-bogʻlar ishlangan. Qafasasiga panjaralar oʻrnatilib, yuqorisi muqarnasli sharafa va qubba bilan yakunlangan. Minora shaharning deyarli hamma tomonidan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. I.m. va m.ni qurishda meʼmor Xudoybergan hoji, naqqoshlar Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta Voisov va b. katnashgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.