Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Muhammad Aminxon madrasasi

Muhammad Aminxon madrasasi

Muhammad_aminxon

Muhammad Aminxon madrasasi

Muhammad aminxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va gʻarbiy qanotidagi darsxonaning gumbazlari burchaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbagʻalga qoʻyilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam ravogʻi ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori koʻtarilib turadi. Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi oʻziga xos mayda ravoqchalarga boʻlingan, burchaklaridagi mezanali guldastalar binoga salobat va goʻzallik bagʻishlaydi. Binoda Xiva meʼmorlik maktabiga xos uslublarning eng yaxshi namunalari qoʻllangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli boʻgʻimlarga ajratilgan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob sanʼat asari hisoblanadi. Umumiy tarhi — 77×60,0 m; hovli 38,0×38,0 m; masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa taʼmirlanib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, oʻtmishda yirik oʻquv dargohi va shahar devonxonasi boʻlgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.