Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Muhammad Rahimxon madrasasi

Muhammad Rahimxon madrasasi

Muhammad Rahimxon madrasasi

Muhammad Rahimxon madrasasi

Muhammad Rahimxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Muhammad Rahim II (Feruz) qurdirgan. Koʻhna arkning sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan. M.R.m. masjid, ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Xiva meʼmorligiga xos uslubda peshtokli koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Sirli gʻishtlar «qoʻsh» va «bantak» uslubida terilgan. Peshtoqining ikki qanotida 2 qavatli oldi chuqur ravoqli 5 ta hujraga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 9 ta gumbazli xonadan iborat. Masjid va darsxona hujralar bilan oʻzaro bogʻlangan. Hovli murabba tarhli, uch tomoni 76 ta hujra bilan oʻralgan. Janubida gumbazli ayvon va b. qoʻshimcha xonalar bor. Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. M.R.m.ning umumiy tuzilishi va ichki tarhi anʼanaviy Xiva madrasalari meʼmorligidan bir oz farq qiladi.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.