Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Pahlavon Mahmud majmuasi

Pahlavon Mahmud majmuasi

Pahlavon Mahmud maqbarasi va majmuasi

Pahlavon Mahmud majmuasi

Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1810—1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50×30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664 y.da moʻʼjaz sinchkori imorat qurilgan. Darvozaxona eshigidagi yozuvga koʻra, P. M. m.ning qurilish sanasi 1701 y.da Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 1825—35 y.larda uning oʻrnida gʻishtin toqu ravoqli serhasham maqba-ra (17,5×25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4×4 m) qad koʻtargan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulgʻozixon, 1643— 63; Shohniyozxon, 1695—1702; Muhammad Rahimxon I, 1807— 26; Temurgʻozixon, 1857—58 va b.) ham shu yerga dafn etilgan. 1913 y.da usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining gʻarb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga oʻymakori ustunli ayvon qurilgan. Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orqali kiriladi, ichkari sahniga gʻisht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, oʻngda ayvon, soʻlda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtogʻidagi gʻishtlar orasida sirkor bandlar bogʻlangan, ikki chekkasidagi guldasta morpech shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qub-basigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning gʻarbiy eshigi orqali ziyoratxonaga oʻtiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sagʻanasi joylashgan. P.M.m.dagi asosiy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad K,alan-dar oʻgʻli, Soʻfimuhammad Abdujabbor oʻgʻli va Abdulla «jin»lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810), tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 y.da usta Roʻzimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon taʼmir etilgan. P.M.m.da 19-a. Xiva meʼmorligi us-lubi yorqin namoyon boʻlgan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.