Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Sherg’ozixon madrasasi

Sherg’ozixon madrasasi

Sherg’ozixon madrasasi

Shergʻozixon madrasasi

Shergʻozixon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1719—26); Ichan kalʼa tarkibida. Xiva xoni Shergʻozixon Xurosonga qilgan yurishi (1718) chogʻida qurila boshlagan. Madrasaning gʻarbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona joylashgan. Miyonsaroy tepasidagi kichik hujralar talabalar uchun yotoqxona boʻlgan. Devorlariga tokcha, taxmon, kosamonlar ishlangan. Hovli atrofidagi 1 qavatli qator hujralar oldi ayvonli boʻlib, hovli oʻrtasida hovuz joylashgan. Madrasa bezaklari saqlanmagan.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.