Home / TARIXIY OBIDALAR / XIVADAGI OBIDALAR / Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub

Yusuf Hamadoniy

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon sh.) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim. Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali For-madiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.

H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy va b. yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy H.dan soʻng uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugʻullanganlar. «Rutbat ul-hayot» («Hayot mezoni»), «Kashf», «Ri-sola dar odobi tariqat», «Risola dar axloq va munojot» kabi asarlar yozgan. «Hayot mezoni» risolasi oʻzbek tilida nashr qilingan (Toshkent, 2003). Xoki Bomiyondan Marv sh.ga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gʻijduvoniy, Fari-didsin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida H. haqida maʼlumotlar bor.

http://economical.uz/

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.