O'ZBEK ZIYOLILARI

To‘lan Nizom (1939-2020)

To‘lan Nizom (1939-2020)

To‘lan Nizom (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddinov To‘lanboy) 1939 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan.

Andijon pedagogika institutini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965-76), tuman xalq ta’limi bo‘limida mudir (1976-83), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1983-85), Bo‘z pedagogika bilim yurtida direktor (1985-2001) bo‘lib ishlagan.

Birinchi she’riy to‘plami — «Sening ertaklaring» (1970). Shundan so‘ng To‘lan Nizomning «Iftixor» (1982), «Oy qizlar» (1988), «Muqaddas ruh» (1993), «Vatan tuyg‘usi» (1993), «Chaman ichra», «Aks-sado», «Intizorlik» (1994), «Dahr bog‘i» (1995), «Saylanma» (1998) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan. «Bahoriy maysalar», «Avji yoz» va «Zarrin yaproqlar» nomi bilan (2007-2010) uch jildlik asarlari bosilgan.

To‘lan Nizom so‘nggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Cho‘lpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bag‘ishlangan «Cho‘lpon», «Majnuntol yig‘isi», «Ruhi ravonim» (1993), «Uch so‘z» (1995), «Oq gul», «Botmay qolgan oy» (1996), «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bag‘ishlangan «Dovon» (2002) dostonlari muallifi.

U O‘zbekiston xalq shoiri (1998), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. «Mehnat shuhrati» (2003) va «El-yurt hurmati» (2008) ordenlari bilan taqdirlangan.

To‘lan Nizom 2020 yilning 10 dekabr kuni vafot etgan.