Home / Boshqalar / Yangiliklar / To‘maris malikasi – 2015

To‘maris malikasi – 2015

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan «Jangoh” sport saroyida o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan sportchi qizlar o‘rtasida «To‘maris malikasi” an’anaviy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
biz kutgan haftalik

O‘zbekiston sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi tomonidan Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan tanlovda yakkakurash turlari bo‘yicha katta yutuqlarga erishayotgan sportchi qizlar o‘z mahoratini namoyish etdi. Tanlovda O‘zbek jang san’ati bo‘yicha nufuzli turnirlar g‘olibi Zuhra Umurzoqova birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Darya Latishova, Mehrangiz Najmiddinova, Sarvinozxon Ozodxonovalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib chiqdi.
– «To‘maris malikasi – 2015” ko‘rik-tanlovida g‘olib chiqqanimdan xursandman, – deydi Zuhra Umurzoqova. – Ushbu muvaffaqiyat meni yangi-yangi g‘alabalar tomon ruhlantiradi. Maqsadim – kelgusida milliy qadriyatlarimiz aks etgan o‘zbek jang san’atini dunyoga keng tanitishdir.

G‘oliblar XI Sharq yakkakurashlari va jang san’atlari respublika festivali doirasida taqdirlandi.

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

«Yoshlar haftaligi»ga bag’ishlangan rasmiy veb-sayt ishga tushdi

Xabaringiz bor, 16-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar haftaligi o‘tkaziladi. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» ...

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.