Home / Boshqalar / Yangiliklar / “Yangi nigoh” kashf etilayotgan yangi nigohlar

“Yangi nigoh” kashf etilayotgan yangi nigohlar

1

«Kamolot” YIH tomonidan 2014-yilda ilk marta tashkil etilgan «Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi yuqori saviya va kayfiyatda o‘tkazilgan edi. Tanlovning respublika bosqichi ko‘hna va navqiron Xorazm viloyatida — Urganch va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tgan. Keling, shu xotiralarni esga olamiz.

2014-yilning 7-10-noyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida jam bo‘lgan tanlov g‘oliblari tungi poyezdga o‘tirib, Xorazmga yo‘l oldi. To‘g‘ri, bu paytda anchagina sovuq edi, lekin tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari uchun bu to‘sqinlik qila olmadi. Avvaliga ular bir-biri bilan tanishishdi, keyin esa do‘stlashib, sovuq tugul uyquni ham unutishdi. Shu tariqa Xorazmga kirib bordilar.

2

Tong sahardan hamma yoqni karnay-surnay sadolari bosib ketgan. Urganch shahri aholisi shirin uyqudalik paytida tanlov ishtirokchilari shaharga kirib borishdi. Shinam yotoqlariga joylashib, Xorazm taomlari bilan nonushta qilgunlaricha 3 kunlik safar ham boshlanib ketdi…
    Endi xotirlashni qay biridan boshlay, avvaliga mehmonlar Urganchdagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan TATU filialida bo‘ldilar. Xorazm yoshlar ko‘li tunda yanada chiroy ochadi, ishtirokchilar bu yerni ham aylanib chiqishdi.
3
Ertasi kuni qadim Xiva shahriga yo‘l olgan mehmonlar Ma’mun akademiyasi, Ichan qal’a va Xiva shahrini ziyorat qildilar. Ichan qal’ada esa 12 viloyatning ko‘rgazmasi, milliy kiyimlar namoyishi, ayniqsa, milliy taomimiz bo‘lmish palovxonto‘ra chempionati o‘ziga xos tarzda qizg‘in ruhda o‘tdi. Tasavvur qiling, Ichan qal’aning markaziy maydonida 12 xil osh tayyorlandi va barchaga tarqatildi. Sayyohlar ham quruq qolmadi hatto. Natijada Andijon oshi benazir deb topildi.
Shundan keyin ishtirokchilar qadimiy bozorni aylanishdi, minora-yu, maqbaralarni ziyorat qilishdi. Kechga tomon esa Ichan qal’adagi shinam restoranda «Yangi nigoh” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar (televizor, planshet) egasiga aylanish bilan birga, ularning har biriga ramziy sovg‘a — qumsoat taqdim etildi.
Uchinchi kuni Xorazm viloyat hokimligi binosida ishtirokchilar va viloyat hokimi P.Bobojonov bilan uchrashuv, ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm taassurotlari bilan birga dolzarb mavzudagi fikrlar va savollar ham o‘rtaga tashlandi.
4

Shu tariqa «Yangi nigoh”ning Xorazm safari yakunlandi. Sayyohlik maskani bo‘lmish Xorazmga yuqori kayfiyat va ajoyib tashkilotchilik uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. «Yangi nigoh-2015” haqida gapirishga esa juda oz qoldi. Kuting, uzoq kuttirmaymiz.

Manba: Kamolot.Uz

http://economical.uz/

About Jahongir

Boshqalar

To‘maris malikasi – 2015

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan «Jangoh” sport saroyida o‘n sakkiz ...

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *

Time limit is exhausted. Please reload the CAPTCHA.