O'ZBEK ZIYOLILARI

Zohir A’lam (1943-2014)

Zohir A’lam (1943-2014)

Zohir A’lam 1943 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1965).

Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi kitoblari nashr etilgan. «Afandining qirq bir pashshasi» (shu nomda kissa ham yozgan, 1989) nomli pesasi ham bor.

Zohir A’lam mohir publitsist sifatida ham ancha samarali ijod qilgan. Uning «Boyovut» (1986), «Mayiz atrofidagi gaplar» (1990), «Jomboy hangomalari» (1991) kabi publitsistik maqolalarida davrning katta va dolzarb muammolari o‘z ifodasini topadi. Xususan, iqtisodiyot, xo‘jalik ishlari, huquq targ‘ibotlari haqidagi fikr-mulohazalari bayon etiladi. Bu boradagi kamchiliklar ochib tashlanadi.

Plutarxning «Iskandar Makidunli» (1998) asarini hamda P. Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi S. Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga tarjima kilgan.