#XORAZM

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan

Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan.

Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874)

Ogahiy (taxallusi; to‘liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘i — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tug‘ilgan. Xiva madrasalarida tahsil ko‘rgan. Arab, fors, turk tillarini puxta ega

Komil Xorazmiy (1825-1899)

Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o‘g‘li) (1825 — Xiva — 1899) — o‘zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ‘ibotchilaridan biri. Xiva madrasasida o‘qigan.