
Saida Zunnunova (1926-1977)
Saida Zunnunova (1926.15.2, Andijon — 1977.20.3, Toshkent) — shoira. Yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi. Andijon o‘qituvchilar institutini (1943) va O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini (1947—52) tugatgan.

Azizxon Qayumov (1926-2018)
Azizxon Qayumov (1926.19.01, Qo‘qon — 2018.16.02, Toshkent) — adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1961). Po‘lat Qayyumovning o‘g‘li.

Maqsud Qoriyev (1926-2010)
Maqsud Qoriyev (1926.1.8, Toshkent, 2010) — yozuvchi va jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994).

Abduqodir Hayitmetov (1926-2005)
Hayitmetov Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dang‘ara tumani Qiyoliqum qishlog‘i — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1970).