
Odil Yoqubov (1926-2009)
Odil Yoqubov (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyati Qarnoq qishlog‘i – 2009, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956).

Jo‘ra Abdullayev (1927-2020)
Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich (1927 yil 21 fevral, Toshkent — 2020 yil 18 aprel) — energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).

Ismatulloh Abdullayev (1927-2005)
Ismatulloh Abdullayev (1927.10.3, Namangan — 2005) — sharqshunos, manbashunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), filologiya fanlari doktori (1979).

Sa’dulla Karomatov (1928-1987)
Karomatov Sa’dulla Muzaffarovich (1928.14.7, Buxoro — 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949).