#O'ZBEK ZIYOLILARI

Abdulla Badriy (1893-1936)

Abdulla Badriy (1893, Samarqand — 1936) — o‘zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o‘zbek teatrining shakllanishiga hissa qo‘shgan. O‘zining drama truppasini tashkil etdi.

Muxtorjon Saidjonov (1893-1937)

Saidjonov Muxtorjon Yo‘ldoshevich (1893, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik xarakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan.

Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941)

Muhammadamin Faxriddinov (1894 Toshkent — 1941) — o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentdagi madrasalardan biri va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan.

Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929)

Mirmuhsin (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri.