O'ZBEK ZIYOLILARI

Jamol Kamol (1938-2022)

Jamol Kamol (1938-2022)

Jamol Kamol (Kamolov Jamol; 1938.26.4, Shofirkon tumani — 2022.27.09, Toshkent shahri) — O‘zbekiston xalq shoiri (1992). Buxoro pedagogika institining filologiya fakultetini tugatgan (1959). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1970—72), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972—86) bo‘lib ishlagan. Lirik she’r tuzilishi bo‘yicha iilmiy tadqiqot olib borgan. Fafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir (1986—88), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991—96) lavzimlarida xizmat qilgan.

Jamol Kamolning ilk she’riy to‘plami «Olam kirar yuragimga» 1968 yilda nashr etilgan. «Cho‘qqilarga yog‘ildi yog‘du» (1970), «Tosh tug‘yoni» (1972), «Hasan va oy» (1974), «Quyosh chashmasi» (1975), «Qadah» (1978), «Dostonlar» (1980), «Suvaydo» (1982), «Umidli dunyo» (1988) kabi she’riy to‘plamlariga kirgan she’rlarida mumtoz she’riy an’analar bilan zamonaviy she’riy jarayon o‘zaro uyg‘unlashtirilgan.

Jamol Kamol frantsuz mumtoz adabiyotining namoyandasi Bualoning «She’riy san’at» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqidagi «Shabihijron» dostonini, Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat “Masnaviyi ma’naviy” asarini, Shayx Fariduddin Attorning asarlarini, Abdurahmon Jomiyning g‘azallar kitobini, Shayx Mahmud Shabustariyning “Gulshani roz” asarini, buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspirning o‘ndan ortiq asarlarini bevosita ingliz tilidan, Aleksandr Pushkining “Motsart va Saleri”, Yan Raynisning “Oltin tulpor”, Bartold Brextning “Sichuandan chiqqan mehribon asarlarini rus tilidan, amiralmo‘minin Hazrati Ali ibn Abutolibning she’riy devonini turk tilidan tarjima qilgan.

Jamol Kamol she’rlari rus, ingliz, frantsuz, polyak, ukrain, turk, ozarbayjon, tojik va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan.