O‘ZBEKISTON TARIXI

KUSHONLAR DAVLATI

Kushon davlatining tashkil topishi

Insoniyat tarixi bir necha yuz mingyilliklardan iborat. Ana shu tarix ko`plab qiziqarli voqealarga boy. Insoniyat o`ta oddiy mehnat qurollaridan to hunarmandchilik durdonalari yasash, jo`ngina turar joy qurib olishdan to shaharlarni bunyod etishgacha bo`lgan uzoq yo`lni bosib o`tdi. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar tasilkil topishi davrini olimlar sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqdan, so`ngra Krit orollari va Yunonistonda boshlangan edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko`pgina o`lkalarida, jumladan, O`rta Osiyo va   O`zbekiston   hududida   ham vujudga keldi.

Yer yuzida odam paydo bo`lganidan to milodiy 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi. Bu tarix turlituman arxeologik va yozma manbalar asosida o`rganiladi. Qadimgi yunon, rim va xitoy tarixchilari va geograflarining asarlari ham bunda katta ahamiyat kasb etadi.

Kushon davlatining tashkil topishi

Miloddan avvalgi  140–130-yillarda ko`chmanchi yuejey qabilasi Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar.  Tarixda bu qabilalar «kushonlar» nomi bilan tilga olinadi. Yuejeylarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil-kesil bo`linib ketishiga olib keldi. Kushonlar Shimoliy Baqtriya yerlariga ko`chib kelib o`rnashdilar.

Miloddan avvalgi I asrda Kushon davlatini yuejey qabilalari tuzgan.

Birlashgan besh yuejey qabilasining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo`ldi.

Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi.

 

Vima Kadfiz hukmronligi davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko`rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi.   Vima   Kadfiz   pul   islohoti o`tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan.

Milodiy   I–II   asrlarda   Kaniahha   hukmronligi   davrida (milodiy 78–123-yillar) Kushon podsholigi o`z taraqqiyotiningcho`qqisiga erishadi. Yangi-yangi shaharlar bunyod etildi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va lchilik munosabatlari o`rnatildi. Kushon podsholigi tangalari Rim imperiyasi hududidan topilgan. Pompey shahridagi qazuv va tadqiq qilish davrida Kushon davlatida suyakdan yasalgan haykalchalar topilgan.

Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Kushon davlati yodgorliklari bo`lmish Xalchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalarni o`rganish jarayonida aniqlangan topilmalar ham tasdliqlaydi.

Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug`orma  dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig`ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi.

Xalchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa Kushon davri arxeologik yodgorluklaridir.

Kushon davlatida yashagan xalqlarning o`zaro madaniy va savdo aloqalari tuf ayli O`rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi. Bu Osiyoda   paydo   bo`lib,   alifbo   ekanligidan yozuv   G`arbiy o`zlashtirish ancha oson bo`lgan.

Qadimgi Termiz yodgorliklarini o`rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan.

Kushon davlatida yana bir xil yozuv – kushon shaklli yozuvi mavjud bo`lgan, bunda harflar burchakli, to`rtburchakli va aylana shaklda bo`lgan.

Kushon podsholigining tanazzuli

Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga ko`chiriladi, Kushon davlati esa ulkan saltanatga aylanadi. Uning hududi Hindiston va Xo`tandan O`zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg`onistongacha bo`lgan hududlarni qamragan edi. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan saltanatlardan biriga aylangan. Milodiy III asrda to`xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati zavolga yuz tutdi.

Xolchayon yodgorligi miloddan avvalgi IV-III va VI-VIII asrlarga mansub. Umumiy maydoni 15 gektardan iborat bo’lib, bir-biridan 1,5 km uzoqlikda joylashgan Qorabog’tepa va Xonaqohtepalardan iborat. Qorabog’tepa tomonlari 350x260 m, tepalik tashqi ko’rinishida burjlar o’rni yaqqol kuzatiladi. Asosiy darvoza uning sharqiy tomonining markazida joylashgan. Yodgorlikning shimoliy qismi eng baland hisoblanib, balandligi 10 metrga yaqin.

Xonaqohtepa esa Qorabog’tepadan g’arbda joylashgan bўlib, to’g’ri-to’rtburchak shaklida joylashgan. Tomonlari 300x300 metrni tashkil etadi.

Xolchayon yodgorligi ilk bora 1959 yilda San'atshunoslik institutining G.A.Pugachenkova rahbarligidagi O’zbekiston San'atshunoslik ekspedisiyasi tomonidan kashf etilgan. Xolchayon  yodgorligida arxeologik qazuv ishlari 1959-1963 yillarda G.A.Pugachenkova rahbarligida O’zbekiston San'atshunoslik ekspedisiyasi tomonidan olib borilgan.

Arxeologik tadqiqotlar tufayli Xolchayon yodgorligida hayot izlari olti bosqichda mavjud bo’lgan.

1. Miloddan avvalgi IV-III asrlar. Xolchayon o’rnida ilk aholi manzilining paydo bo’lishi.

2. Miloddan avvalgi III-II asrlar - Xolchayonda alohida mahobatli binolarning va mudofaa istehkomlarining qurilishi.

3. Miloddan avvalgi II-I asrlar. Xolchayonning ravnaq topishi, uning hududining kengayishi, saroyning bunyod etilishi va saroy ichki qismini mahobatli haykallar va devoriy suratlarga bezalishi.  

Xolchayon topilmalari