Muhitdinov Nuriddin Akramovich
(1917 yil 19 noyabr, Toshkent)
(1955-1957)
Davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ institutini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. 2-jahon urushi qatnashchisi. 1946 yildan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyat partiya qo‘mitasi kotibi va 1-kotibi (1947-50), O‘zbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1950-51), O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1951-53, 1954-55), O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri (1953-54), O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1955-57), KPSS MK kotibi (1957-61). KPSS MK Prezidiumi a’zoligiga nomzod (1956-57), a’zo (1957-61). Sentrosoyuz boshqaruvi raisi o‘rinbosari (1962-66), SSSR Ministrlar Soveti Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar komiteti raisining 1-o‘rinbosari (1966-68), SSSRning Suriyadagi elchisi (1968-77), SSSR savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari (1977-85), O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining maslahatchisi (1986-87), “Yodgorlik” tarixiy madaniy meros jamiyati raisi (1987-96), “Oltin meros” Xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh maslahatchisi (1996 yildan).