Niyozov Amin Ermatovich
(1903 yil 1 noyabr, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon tumani – 1973 yil 26 dekabr, Toshkent)
(1950-1955)
Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor (1973). 1920-30 yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida o‘qidi (1930-34). 1940 yil O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining qurilish bo‘limi mudiri. 1940-46 yillarda respublika Moliya xalq komissari, 1946-47 yillarda O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari. 1947-50 yillarda O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950-55 yillarda O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashining I kotibi. O‘zbekiston Kommunal xo‘jalik ministri, Ministrlar Soveti Gaz va kommunal xo‘jalik Bosh boshqarmasining boshlig‘i (1956-60).