O'ZBEK ZIYOLILARI

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan.

Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan.

880 misra she’r, 400 dan ortiq maqol va hikmatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan «Zarbulmasal» asarida shoirning gumanistik hamda didaktik qarashlari, davrning ijtimoiy masalalariga munosabati aks etgan. Rojiy 20-asr vaqtli matbuotida ham faol qatnashgan. Jumladan, M. Behbudiyning «Oyna» jurnalida uning 2 ta she’ri bosilgan.

Rojiy Navoiyning «Majolis un-nafois» va «Xamsat ul-mutahayyirin» asarlarini ko‘chirgan. Rojiy asarlaridan ba’zilarini o‘z ichiga olgan, Abdulmajid Kotib tomonidan tuzilgan qo‘lyozma bayoz Qo‘qondagi G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot muzeyida saqlanadi.