O'ZBEK ZIYOLILARI

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891-1938)

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891-1938)

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891, Toshkent — 1938.4.10) — davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rus-tuzem maktabida o‘qigan (1898 — 1901).

«Taraqqiyparvar» tashkilotining a’zosi syfatida jadidchilik harakatida faol katnashgan (1908 — 17). Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Nizomiddin Xo‘jayev va boshqa bilan hamkorlik qilgan.

Turkiston o‘lkasi Oziq-ovqat xalq komissarligining Moskvadagi vakili (1917 — 18), Toshkent Eski shaxar Soveti ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari (1918), Turkiston ASSR Sog‘liqni saqlash xalq komissari (1918 — 19), Milliy ishlar xalq komissari, Tashqi ishlar xalq komissari (1919).

Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, ayni paytda Buxoro Kompartiyasi MK mas’ul kotibi (1920 — 21). BXSRning Savdo va sanoat xalq noziri (1921), Turkiston ASSR Markaziy xalq xo‘jaligi Kengashi raisi o‘rinbosari (1921 — 22), Pomir oblasti inqilobiy qo‘mitasi raisi (1922 — 23). XXSR Ijtimoiy ta’minot, savdo va sanoat xalq noziri (1923 24), XXSR Nozirlar Sho‘rosi raisi o‘rinbosari, Davlat reja komissiyasi raisi, XXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi (1924). Xorazm viloyati inqilobiy qo‘mitasi raisi (1924 — 25).

O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgach, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashining O‘zbekiston SSR bo‘yicha vakili (1925 — 26), O‘rta Osiyo suv xo‘jaligi qurilishi tashkiloti boshlig‘i (1927), SSSR Yer ishlari xalq komissarligining O‘rta Osiyo bo‘yicha vakili (1928 — 34), Qozog‘iston SSR Suv xo‘jaligi Bosh boshqarmasining boshlig‘i (1935 — 37).

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev «Milliy ittihod» Markaziy qo‘mitasi a’zosi (1920 — 21) sifatida BXSRda katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan.

Podsho Rossiyasi va sovet rejimiga qarshi siyosiy faoliyati uchun Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev bir necha marta qamoqqa olingan (1911 yil Qo‘qon; 1922 yil; 1937.27.4, Olmaota). Toshkentda bo‘lgan SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasining majlisida otishga hukm qilingan va o‘sha kuni otib tashlangan. 1957 yil 1 avgustda oklangan.