O'ZBEK ZIYOLILARI

Tursunoy Sodiqova (1944-2017)

Tursunoy Sodiqova (1944-2017)

Shoira Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, yoshlar tashkilotlarida, keyinchalik Andijon Davlat tillar institutida, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida ishlagan. Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Tursunoy Sodiqovaning ilk she’riy to‘plami «Kuy» nomi bilan 1976 yilda chop etilgan. Shundan beri «Gul fasli» (1981), «Iqbol» (1984), «Dil gavhari» (1985), «Izlay-izlay topganim» (1988), «Girya» (1994) kabi o‘nga yaqin she’riy guldastalar yaratib, o‘z o‘quvchilariga taqtsim etdi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini «Andisha» (1988), «Mehrigiyo» (1989), «Baxtli bo‘ling» (1989), «Baxt nima?» (1994), «O‘zbek she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik» kabi nomlar bilan to‘plam va qo‘llanmalar tarzida nashr ettirgan.

2017 yil 14 yanvar kuni vafot etgan.